Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2023, Тошкент вақти: 17:02

Olimpiada kundaligi: Oltin medallar, bo'sh o'rindiqlar va doping testi


Londondagi Olimpiya o’yinlarida qatnashayotgan Lizzi Armisted yakshanba kungi ayollar o’rtasidagi 140 kilometrlik velosport musobaqasida Britaniya olimpiya jamoasi g'aznasiga 1-kumush medalni keltirdi. Musobaqaning oltin va bronza medallarini gollandiyalik Marian Vos va rossiyalik Olga Zabelinskayalar qo’lga kiritishdi.

Gruziyalik Lasha Shavdatuashvili esa 66 killogramgacha bo’lgan erkaklar o’rtasidagi dzyudo musobaqasida mamlakatiga oltin medalni taqdim etdi. Finalda 20 yoshli Shavdatuashvili 3 karra Yevropa chempioni bo’lgan vengriyalik Miklos Ungvarini mag’lub qildi.

Qozog’istonlik Zulfiya Chinshanlo og’ir atletika bo’yicha ayollar o’rtasidagi 53 kilogramlik vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritdi. Oltin medal bilan birga 19 yoshli Chinshanlo yangi jahon rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

Qozog'istonlik Zilfiya Chinshanlo o'z jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.
Qozog'istonlik Zilfiya Chinshanlo o'z jamoasiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.
Mazkur musobaqaning 56 kilogramgacha bo’lgan erkaklar o’rtasidagi bellashuvida Shimoliy Koreyalik Yun Chol Omga teng keladigani bo'lmadi. Ozarbayjonlik Valentin Xristov bronza medalga, Xitoylik Vu Jingbiao kumush medalga sazovor bo’lishdi.

Suzish bo’yicha erkaklar o’rtasidagi estafetada Rossiyaning 4 kishilik jamoasi Avstraliya jamoasini 4-o’ringa tushirib bronza medalini qo’ga kiritdi. Fransiya jamoasi esa AQSh jamoasini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo’ldi.

Yakshanba kuni Serbiyaning suv polosi jamoasi vengriyalik raqiblarini 14-10 hisobida mag’lub qilib g’alabaga erishgan bo’lsa, Ruminiya Britaniyani 13-4 xisobida ortda qoldirdi.

Qilichbozlik bo’yicha musobaqaning yuqori shohsupasiga vengriyalik Aron Szilagi ko'tarildi. Kumushni italiyalik Diego Ochiuzzi olgan bo'lsa, bronza rossiyalik Nikolay Kovalevga nasib etdi.

Ayollar o’rtasida bo’lib o’tgan 10 metrlik havo pistoletida (vozdushka) otish musobaqasida xitoylik Guo Venjun eng yaxshi natija ko'rsatib, jamoasi g'aznasini yana bir oltin medal bilan boyitdi. Undan keyingi o’rinlarni fransiyalik Selin Goberville kumush va ukrainalik Olena Kostevich bronza medallari bilan egallashdi.

1-tur o'yinlarida Belarus Yangi Zenlandiya ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
1-tur o'yinlarida Belarus Yangi Zenlandiya ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Erkaklar o’rtasidagi futbol musobaqasida Braziliya Belarusni 3-1 xisobida mag’lub etib, chorak final musobaqalariga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Mazkur yutuq "C" guruhida 6 ochkoga erishgan Braziliya jamoasiga belaruslardan 3 ochkoga o’zib ketishga zamin yaratdi.

Guruhdagi ikkinchi juftlik Yangi Zellandiya-Misr uchrashuvida 1:1 durang narijasi qayd etildi. Ayni damda ikkala jamoa bittadan ochkoga egalik qilib, "C" guruhining quyi o'rinlarini egallashgan.

3-tur uchrashuvlarida Braziliya Yangi Zellandiyaga qarshi o’ynasa, Belarus Misrga qarshi to’p suradi.

Yakshanba kuni Gondurasga 1-0 hisobida yutqazib qo’ygan Ispaniyaning erkaklar futbol jamoasi musobaqalarni tark etishga majbur bo’ldi.

Basketbol bo’yicha "A" guruhida ishtirok etayotgan Fransiya jamoasi musobaqaning ochilishida AQSHh jamoasiga 71-98 hisobida mag’lub bo’ldi. "B" guruhidagi Braziliya jamoasi esa Avstraliya basketbolchilarini 75-71 hisobida mag’lub etishdi.

London Olimpiada o'yinlaridagi ilk oltin medalni xitoylik mergan Yi Siling qo'lga kiritdi.
London Olimpiada o'yinlaridagi ilk oltin medalni xitoylik mergan Yi Siling qo'lga kiritdi.
Yakshanba kungi natijalarga ko’ra medal sonlari bo’yicha 12 medal (6 oltin, 4 kumush va 2 bronza) bilan Xitoy birinchi bormoqda. Bu ro’yxatning 2chi o’rnini 11 medal (3 oltin, 5 kumush va 3 bronza) bilan AQSh egallab turibdi. Italiya esa 2 oltin, 3 kumush va 2 bronza – umumiy hisobda 7 medal bilan uchinchi o’rinda bormoqda.

Britaniya Olimpiya rasmiylari yakshanba kuni korporativ sponsorlar va Olimpiya rasmiylari uchun mo’ljallangan ko’pgina o’rindiqlar bo’sh ekanligini ko’rib ranjishgan.

O’yinlarini ko’rishga chanqoq tomoshabinlar tomonidan chiptalarni qo’lga kiritish imkonsizligini shikoyat qilishiga qaramay, bir necha musobaqalarda o’rindiqlar bo’sh qolmoqda.

London Olimpiya o’yinlarinining asosiy tashkilotchisi Sebstian Ko yakshanba kuni Londonda bo’lib o’tgan konferensiyada bo’sh qolayotgan o’rindiqlar yaqin kelajakda tomoshabinlar bilan to’ldirilishini bildirgan.

- Bo’sh o’rindiqlarni ko’rishga istagim yo’q va shuning uchun o'sha bo’sh o’rindiqlarni odamlar bilan to’ldirish uchun imkon qadar harakat qilamiz, - dedi Sebastian Ko.

O’zbekistonlik gimnast Luiza Galiulina yakshanba kungi doping testidan muvaffaqiyatli o’tolmadi. Taqiqlangan moddalarga Galiulinaning test natijalari ijobiy chiqqanligi sababli, u Olimpiya musobaqalaridan vaqtincha - ikkinchi va yakuniy test natijalari chiqqunga qadar chetlatildi.
XS
SM
MD
LG