Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:51

Ravshan Ermatov Meksika-Shveysariya o'yinida hakamlik qiladi


FIFA referisi Ravshan Ermatov.
FIFA referisi Ravshan Ermatov.
London Olimpiadasida xizmat ko'rsatayotgan o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga Meksika va Shveysariya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hakamlik qilish vazifasi topshirildi.

Unga qanotlarda laynsmenlar Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi.

“B” guruhi ishtirokchilari o‘rtasidagi so‘nggi tur bellashuvi 1 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Ikki turdan keyin "B" guruhida to'rt ochkodan jamg'argan Meksika va Janubiy Koreya jamoalari peshqadamlik qilmoqda. Shveysariya va Gabon hisobida bittada ochko bor.

Shveysariya uchun uchinchi tur o'yini "pley-off"ga chiqish uchun so'nggi imkoniyat bo'lgani uchun "Millenium Stadium"da o'tadigan uchrashuv qizg'in o'tishi tahmin qilinmoqda.

Avvalroq Ravshan Ermatov London Olimpiadasidagi futbol musobaqasining ochilish o'yinlaridagi markaziy uchrashuv hisoblangan Buyuk Britaniya va Senegal terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda ham hakamlik qilgan edi.
XS
SM
MD
LG