Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:27

Ravshan Ermatov 35 yoshga to'ldi


Bugun, 9 avgust kuni 4 karra Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 35 yoshga to'ldi.

Ayni damda Ermatov o'z yakuniga yetib borayotgan London Olimpiadasi o'yinlarida xizmat ko'rsatmoqda.

Olimpiadaning futbol bo'yicha musobaqasining 11 avgust kuni o'tadigan final o'yinida Braziliya va Meksika terma jamoalari kuch sinashadi.

Bronza uchun o'yin esa 10 agvustda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida o'tadi.

Stadion.uz sayti ma'lumotiga ko'ra, Londonda hozir faqat Ermatov va Venesuelladan kelgan hakamlar guruhi qolgan, holos.

FIFA tomonidan Olimpiadaning finalida hakamlik qilishga tayinlanish Ravshan Ermatov uchun eng yaxshi tug'ilgan kun tuhfasi bo'lardi.

Eslatamiz, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Janubiy Afrikada o'tgan Jahon chempionati ochilish o'yinida hamda London Olimpiadasining ochilish o'yinlaridagi markaziy uchrashuvlardan birida xizmat ko'rsatgan edi.

VIDEO: Joriy yil boshida FIFA tarafidan tayyorlangan quyidagi videoda referi Ravshan Ermatov hakam taktikasi va o'yin oldi tayyorgarliklar haqida ingliz tilida gapiradi.

XS
SM
MD
LG