Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:33

Robin van Persi "Manchester Yunayted"ga o'tdi


So’nggi yillarda Angliyaning “Arsenal” futbol klubida faoliyat yuritib kelgan gollandiyalik Robin van Persi “Manchester Yunayted” klubi bilan to’rt yillik shartnoma imzoladi.

“Arsenal” sardorining transfer narxi 38 million AQSh dollari teng ekanligi aytilmoqda.

Shartnomaga ko’ra, futbolchining “qizil iblislar” jamoasidagi bir haftalik maoshi 368 ming dollarga tengdir.

Van Persi juma kuni jurnalistlar bilan suhbatda “Arsenal”ni tark etish qarori u uchun qiyin bo’lgani va yangi klubda yuksak cho'qqilarga erishishni o’ziga maqsad etib qo’yganni aytdi.

29 yoshli Robin van Persi 2011-2012 futbol mavsumida 30 gol bilan Angliya premier ligasining eng yaxshi bombardiri bo’lgan edi.

Van Persi “qizil iblislar” safida ilk bor maydonga dushanba kuni “Everton”ga qarshi o’tadigan uchrashuvda tushadi.

Robin van Persining 2011-2012 mavsumida kiritgan gollari to'plami:

XS
SM
MD
LG