Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:57

Jorj Soros "Manchester United" aksiyalarini sotib oldi


"Manchester United" futbol klubi o'yinchilari Ueyn Runi va Patris Evra.
"Manchester United" futbol klubi o'yinchilari Ueyn Runi va Patris Evra.
Amerikalik milliarder Jorj Soros Nyu-York birjasiga qo‘yilgan "Manchester United" futbol klubi aksiyalarining 7,85 foizini (butun kompaniya qiymatining 1,9 foizi) sotib oldi.

Bu Sorosga 40.7 million AQSh dollariga tushgani aytilmoqda.

Mazkur xarid haqda 20 avgust oqshomida bay bitganidan keyin ma‘lum bo‘ldi. 21 avgust kuni ertalab esa "Manchester United" aksiyalari qiymati 1,5 foizga o‘sdi.

Britaniya futbol klubi o‘z aktsiyalarini shu yilning 10 avgust kuni savdoga qo‘ygandi.

O‘shandan buyon klub aktsiyalari qiymati 6,7 foizga arzonlagan va bitta aktsiya 13 dollar atrofida sotilayotgandi.

Avvalroq Angliyaning “Arsenal” futbol klubida faoliyat yuritib kelgan gollandiyalik Robin van Persi “Manchester United” klubi bilan to’rt yillik shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
XS
SM
MD
LG