Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:38

Android bazasidagi ilk fotokamera e'lon qilindi


Samsung Galaxy Camera
Samsung Galaxy Camera
Samsung shirkati Android operatsion tizimi asosida ishlovchi ilk fotokamerani e'lon qildi.

Samsung Galaxy Camera nomini olgan ushbu "gadjet" Android 4.1 Jelly Bean operatsion tizimi asosida ishlaydi.

Fotokamera 21 karra kattalashtiruvchi "zoom"ga ega va uning optik sensori 16 megapikseldir. Android tizimi bilan ishlagani tufayli fotokamera WiFi va mobil Internet tarmoqlariga (3G, 4G) ulana oladi.

Olingan suratlarni Android dasturlari yordamida (masalan, Instragram) o'zgartirish va Internetga joylash mumkin.

Apparat HD Super Clear LCD sensorli ekranga ega va uning kattaligi 4,8 dyumni tashkil qiladi.

Asosan smartfornlarda ishlatiladigan Voice Control texnologiyasi yordamida fotokameradagi qator funksiyalarni ovoz bilan boshqarish mumkin.

Internetga ulangan fotokamera orqali foydalanuvchi veb-saytlarga kirishi va Google Play hamda Samsung Apps online bozorlarida dasturlarni yuklab olishi mumkin.

Og'irligi atigi 305 gram bo'lgan ushbu fotoapparatda GPS navigatsiyasi va Bluetooth 4.0 funksiyalari ham bor.

Hulosa shuki, oddiy mobil telefonlarga kamera o'natilsa, ushbu "gadjet"da mobil telefon oddiy kameraga o'rnatilgan.



XS
SM
MD
LG