Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:39

O‘zbekiston Internet erkin bo‘lmagan davlatlar qatorida


AQShdagi “Freedom House” inson huquqlari tashkiloti o‘zining yangi hisobotida dunyo bo‘ylab Internet erkinligiga cheklovlar kuchaygani haqda bildirdi.

47 mamlakatdagi vaziyat tahlil qilingan hisobotda O‘zbekiston Internet erkin bo‘lmagan 11 davlat qatorida tilga olinadi.

“Freedom House” mutaxassislariga ko‘ra, bu mamlakatlarda siyosiy mavzudagi xabarlar chop etiladigan vebsahifalarga to‘siqlar qo‘yish keng tus olgan.

Hukumat tarafidan xalqaro internet tarmoqlariga bog‘lanishning nazorat ostiga olinishi onlayn orqali erkin fikr bildirish uchun jiddiy tahdiddir, deyiladi hisobotda.

“Freedom House” hisobotda Estoniya internetdan foydalanish bo‘yicha eng erkin mamlakat, deya xulosa qilingan.

Qo‘shma Shtatlar bu masalada ikkinchi o‘rinni egallagan.

Eron, Kuba va Xitoy vaziyat eng abgor mamlakat sifatida baholangan va ro‘yxat so‘nggida qayd etilgan.
XS
SM
MD
LG