Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:44

Google 14 yoshga to'ldi


Google shirkatining 14 yilligiga bag'ishlangan "doodle".
Google shirkatining 14 yilligiga bag'ishlangan "doodle".
Internetdagi eng foydalanuvchisi ko'p qidiruv tizimiga egalik qiluvchi Google shirkati bugun o'zining 14 yilligini nishonlamoqda.

1998 yili Stenford universitetining ikki talabasi - Larri Peyj va Sergey Brin bugungi kunning eng katta Internet shirkatlaridan biriga aylangan Google kompaniyasiga asos solishgan edi.

Bugun Google shirkati o'zining 14 yoshini Internet qidiruv bozorining 86 foiziga egalik qilib qarshilamoqda.

Uning taniqli Chrome veb-brauzeri esa, nisbatan yangiligiga qaramasdan, brauzerlar bozorining 25 foizdan ko'prog'iga egalik qilmoqda.

Googlening mobil uskunalar uchun yaratgan Android operatsion tizimi ham borgan sari smartfonlar bozorida mashhurlashib bormoqda.

Shirkat rahbarlaridan biri Erik Shmidtga ko'ra, sentabr oyi boshida kuniga 1,3 million yangi Android bazasida ishlaydigan mobil uskunalar aktivatsiya qilingan, Android bazasidagi faol uskunalar soni esa 500 milliongan yetgan.

Aynida damda Google va unga tegishli Motorola shirkatida jami 60 mingga yaqin kishi ishlaydi. Ularning soni yilda yilga oshib bormoqda.

AQSh birjasining 24 sentabr kungi savdolarida Google shirkatining aksiyalari narxi ikki foizga o'sib, bir dona akisya 749 dollardan sotilgan edi. Bu esa shirkat uchun tarixiy maksimumdir.

Odatdagiday, Google o'z tug'ilgan kuniga atab qidiruv tizimi bosh sahifasida o'zgacha "doodle" joylashtirdi.

  • "Doodle" (dudle) so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, u odamning hayoli bir joyda turmagan yoki o'yga botib turgan holda chizgan suratni anglatadi. Bunday suratlarni hammamiz maktabda o'qib yurgan chog'imizda daftarlarning hoshiyalariga yoki "chernovoy"larga chizganmiz.

1998 uildan beri Google 900 ortiq dudllar taqdim etgan. Google shirkatining dudllari asosan buyuk insonlar tug'ilgan kuniga va tarixiy voqealarga atab yasaladi.
XS
SM
MD
LG