Futbol bo'yicha O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoasi Eronda o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalida musobaqa mezbonlarini 2:3 hisobida mag'lub etib, finalga yo'llanma olishdi.
3 oktyabr kuni o'tgan o'yindagi gollarga O'zbekistondan Dostonbek Hamdamov ('13), Izzatilla Ibrohimov ('36) va Otabek Shukurovlar ('43), Erondan esa Sayidmajid Hussayniy ('4) va Amirmuhammad Mazlum G‘azianiylar ('87) mualliflik qilishdi.
Avvlal xabar berganimizdek, Osiyo chempionati yarim finaliga chiqqan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2013 yilda o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
Final o'yini 6 oktyabr kuni Tehronning "Pas" stadionida bo'lib o'tadi. Unda murabbiy Dilshod Nuraliyev shogirdlari yaponiyalik tengqurlari bilan kuch sinashishadi.
Eron - O'zbekiston 2:3 (U-16)
3 oktyabr o'zbek futboli uchun omadli keldi, desak mutloq adashmaymiz. Shu kuni Toshkentda o'tgan uchrashuvda mahalliy "Bunyodkor" jamoasi Avstraliyaning "Adealida Yunayted" jamoasi ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonib, Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi.