Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:01

AQSh Green Cardiga qanday murojaat qilish kerak?


U.S. -- A flag, undated
U.S. -- A flag, undated
Aksar o‘zbekistonliklar uchun okean ortidagi “sehrli diyor”ga ishlab¸ pul topish imkonini beruvchi Green Card lotereyasida yutish hayotining katta orzularidan biriga aylangan. 2012 yilning 2 oktyabridan ana shu orzuni ko‘zlayotganlar uchun ariza topshirish jarayoni boshladi.

2 oktyabr kuni AQSh Davlat Departamenti 2014 yil uchun Diversity Immigrant Visa (DV) dasturining rasman boshlanganini e‘lon qildi.

3 noyabr¸ shanba kuni yopiladigan bu bir oylik davr ichida AQSh ga ishlash va yashash uchun ketishni orzu qilganlar talab qilingan hujjatlarni topshirishlari mumkin.

2 oktyabr kuni Ozodlikka sim qoqqan o‘zbekistonliklardan biri¸ ana shu hujjat jarayonining qanday kechishi va "qanchaga tushishi” bilan qiziqdi:

- Men Green Card to‘g‘risida so‘ramoqchi edim. Qanday murojaat qilinadi¸ qancha ketadi hujjat jo‘natishlarga¸ shuni aytib berasizlarmi? deb so‘radi O‘zbekiston qishloqlaridan birida yashovchi yosh suhbatdosh.

Ozodlik bilan suhbatda Chexiyadagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limi xodimi Jeremi Vayzmiller¸ bu savolga imkon qadar oddiy qilib javob berishga urindi:

- Green Card lotereyasida qatnashmoqchi bo‘lganlar qiladigan birinchi ish¸ elchixona saytiga kirish bo‘lishi kerak¸ chunki bu lotereyaga faqat elektron arizalar qabul qilinadi. Vizalar¸ degan bo‘limdan Diversity Visa degan joyni topib¸ o‘sha sahifaga kirish kerak. Bu yerda esa¸ hujjatlarni qanday hozirlashdan tortib¸ uni AQSh Davlat Departamenti rasmiy saytiga qanday qilib jo‘natishga qadar bo‘lgan barcha harakat qadam-ba-qadam tushuntirilgan¸ deydi AQSh Konsullik xizmati rasmiysi.

AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida Green Card lotereyasi va unda qatnashish shart-sharoitlari haqida bir necha tillarda¸ xususan o‘zbek tilida yozilgan tushuntirish matniga o‘tish bor.

AQSh Davlat Departamenti vakili Ozodlik mushtariylariga lotereyada qatnashish uchun lozim hujjatlarni tayyorlash va jo‘natishni 3 noyabrgacha hali vaqt bor¸ demasdan¸ imkon qadar tezroq qilishni tavsiya etadi.

- Aks holda¸ dunyo bo‘ylab millionlab odam muhlat tugashi arafasida hujjat jo‘natishga kirishishi bois¸ sistemada uzilishlar ro‘y berishi va Internet tezligi anchayin past bo‘lgan O‘zbekistondan turib lotereyada qatnashmoqchi bo‘lganlar hujjatlari o‘tmay qolishi mumkin¸ deb ogohlantiradi Jeremi Vayzmiller.

Har yil oktyabr oyida AQSh Davlat Departamenti tomonidan o‘tkaziladigan Green Card lotereyasi natijasida jami 50 ming xorijiyga Amerikada doimiy yashash haqqini beruvchi Immigratsiya vizasi taqdim etiladi. Har yili bu vizaga murojaat qilishi mumkin davlatlar ro‘yxati o‘zgarib turadi.

- Agar biror davlat fuqarolari keyingi besh yil davomida 50 dan oshiq Green Card yutishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa¸ bu davlat fuqarolarining hujjat topshirishlari muayyan muddatga to‘xtatiladi¸ deydi AQSh Davlat Departamenti Konsullik xizmati vakili.

Garchi keyingi yillarda Green Card yutib AQShga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni yildan-yilga oshib borayotgan bo‘lsa ham¸ 2014 yilgi lotereyada O‘zbekiston fuqarolari hujjat topshirishga haqli davlatlar ro‘yxatidadir.

2014 yilgi Green Card lotereyasiga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar¸ Davlat Departamenti belgilagan mezonlarga ko‘ra¸ 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi shart. Kamida o‘rta yoki unga tenglashtirilib, 12 yillik boshlang‘ich va o‘rta ta‘limni muvaffaqiyatli tamomlash deb belgilanuvchi ta‘limga; Yoki so‘nggi besh yil ichida eng kamida ikki yillik tayyorlov yoki tajriba talab qiluvchi faoliyatda ikki yillik ish tajribaga ega bo‘lgan shaxslar yashab turgan joyidan qat‘iy nazar¸ bu viza uchun murojaat qilishga haqlidir.

- Boshqa turdagi immigratsiya vizalaridan farqli¸ Green Card lotereyasida qatnashishga hujjat topshirish bepul va buni hamma yaxshi bilib qo‘yishi lozim. Zotan¸ bu lotereyaga hujjat topshirish uchun haq oladigan saytlar va tashkilotlarning AQSh Davlat Departamentiga hech qanday aloqasi yo‘q.

Lotereyada yutib chiqqanlar¸ immigratsiya vizasini hozirlash uchun talab qilinadigan haqni to‘lashlari lozim bo‘ladi. Hozirda bu haq 330 AQSh dollarini tashkil etadi¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Chexiyadagi AQSh elchixonasi Konsullik xizmati rasmiysi Jeremi Vayzmiller.

Aziz mushtariy¸ mabodo Siz o‘zingiz¸ o‘tgan yillarda DV dasturi bo‘yicha AQSh Green Cardi yutib¸ Amerikada yashab¸ ishlayotgan bo‘lsangiz¸ yoxud bu lotereyaga hujjat topshirib¸ unda yuta olmagan bo‘lsangiz¸ o‘z tajribangizni boshqalar bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Buning uchun¸ qilgan amallaringiz¸ ko‘rgan-kechirganlaringiz haqida¸ "Sharh" qutisiga yozib yuborsangiz bo‘ldi.

Sizga oldindan tashakkur!

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:09 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG