Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:43

Dehlida o‘zbekistonlik fohishalar ushlandi


Hindiston poytaxtida kecha fohishalikda ayblangan yetti kishi qo‘lga olindi, ularning uch nafari o‘zbekistonlik ayollardir.

The Hindu nashrining Dehlidagi politsiya zobiti Ajay Choudxari so‘zlariga tayangan holda xabar qilishicha, 8 oktyabr kuni o‘zbekistonlik uch ayol, ularning uch mijozi - Muhammad Imron, Sem Ahmad va Shajad Xon hamda qo‘shmachi Raju Rasvan ushlangan.

Hindistonlik zobitga ko‘ra, ayollar muddati o‘tib ketgan sayyohlik vizasi bilan Dehlining Katta Kaylash mavzeidagi ijaraga olingan uyda yashab turganlar.

O‘zbekistonlik ayollarga so‘nggi uch-to‘rt yildan buyon Dehlida istiqomat qilayotgan Ajay Jaat ismli hindistonlik ko‘maklashib kelgan.

Dehli politsiyasi taxminiga ko‘ra, bu odam uch yil mobaynida fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi xorijlik kimsalarni sayyohlik vizalari orqali Hindistonga taklif qilish va chet ellik fohishalar uchun mijoz topish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Xorijlik ayollar bu kabi vizalar bilan uch oydan olti oygacha yurishlari mumkin.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni Hindiston poytaxtida qo‘lga olingan yettovlon mahalliy qonunlarning turli moddalariga ko‘ra hibsga olinganlar.
XS
SM
MD
LG