Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:20

Osiyo Kubogi-2015: O‘zbekiston raqiblari aniqlandi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 saralash bahslaridagi raqiblari nomi aniq bo‘ldi.

Avstraliyaning Melburn shahrida 9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan qur‘a tashlash marosimi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “E” guruhida BAA, Vetnam va Gonkong bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi ilk saralash o‘yinini 2013 yilning 6 fevralida Toshkentda Gonkong terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

2013 yilning mart oyiga qadar davom etadigan saralash bosqichida besh guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar Avstraliya mezbonlik qilgan Osiyo kubogida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
XS
SM
MD
LG