Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:29

Ledi Gaga WikiLeaks asoschisi bilan uchrashdi


Taniqli pop-ashulachi Ledi Gaga Londondagi Ekvador elchixonasida boshpana topgan Julian Assanj bilan uchrashdi.

O'zining g'ayrioddiy chiqishlari bilan mashhur qo'shiqchi Angliya poytaxtiga o'zining yangi parfyumi taqdimot marosimiga kelgan edi.

Elchixona ichida o'tgan Ledi Gaga va Assanj uchrashuvi besh soat davom etgani aytilmoqda. Biroq uchrashuvning boshqa tafsilotlari ochiqlanmadi.

Pop-ashulachiga WikiLeaks asoschisi bilan uchrashishni 8 oktyabr kuni britaniyalik rep-qo'shiqchi M.I.A. o'z Twitter sahifasi orqali tavsiya etgan edi.

"Agar sen bugun Harrodsga borsan albatta mister Assanj oldiga ham kim. U ko'chaning narigi betidagi Ekvador elchiligida. Men choy va pishiriqlar olib kelaman", deb yozgan edi M.I.A. Twitter saytida.

Ledi Gaga va Julian Assanjni birlashtirib turgan inson bu WikiLeaks saytiga maxfiy ma'lumotni sizdirganlikda ayblanayotgan AQSh harbiysi Bredli Menningdir.

Xabarlarga ko'ra, Menning Iroqdagi o'zi xizmat qilgan "Xammer" harbiy bazasidan maxfiy ma'lumotlarni olib chiqishda Ledi Gaganing CD diskiga o'xshatib yasalgan axborot tashuvchi diskdan foydalangan.

AQShning Iroqda yo'l qo'ygan harbiy hatolari haqidagi ma'lumot aynan Menning tarafidan ochiqlangani aytiladi.

Ayni damda Bredli Menning AQShda sudlanmoqda. Agar uning jinoyat sodir etgani isbotlansa, unga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Julian Assanj esa Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi xavfidan qochib, 19 iyundan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashirinib o‘tiribdi.

Shvetsiya rasmiylari uni ikki ayolga nisbatan jinsiy tajovuzda ayblamoqda.

Avvalroq Ekvador hukumati avstraliyalik Julian Assanjga siyosiy boshpana berganini e‘lon qildi.

Assanjning o‘zi va tarafdorlari ektraditsiya qilinadigan taqdirda, Shvetsiya uni Qo‘shma Shtatlarga topshirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Assanj WikiLeaks sayti orqali maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun AQShda javobgarlikka tortilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG