Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:11

Avstriyalik skaydayver baladlikdan sakrash bo'yicha rekord o'rnatdi


Feliks Baumgartnerning sakrashini maxsus tuzilgan missiya nazoral markazi kuzatib bordi.
Feliks Baumgartnerning sakrashini maxsus tuzilgan missiya nazoral markazi kuzatib bordi.
Avstriyalik skaydayver (parashyutchi) Feliks Baumgartner 14 oktyabr kuni 38 kilometrlik balandlikdan sakrab, yangi rekord o'rnatdi.

43 yoshli Baumgartner 38600 metrlik balandlikka maxsus yasalgan kapsula va unga ulangan havo shari orqali ko'tarildi. Uning bunday masofaga ko'tarilishi uchun ikki soatdan oshiq vaqt ketdi.

Erkin tushish vaqtida skaydayver tezligi soatiga 1100 metrga yetdi va u uchoq tashqarisida tovush chegarasini kesib o'tgan ilk insonga aylandi.

Yergacha tushish vaqti esa qariyb 10 daqiqa davom etdi.

Skaydayver (skydiver) - balandlikdan imkon boricha uzoqroq erkin tushish uchun sakraydigan parashyutchi.
Shunday qilib avstriyalik parashyutchi to‘rtta jahon rekordini yangiladi: parashyutsiz erkin tushish tezligi, uning uzunligi, sakrash balandligi va havo shari yordamida inson ko‘tarilgan eng baland ko‘rsatkich.

"Koinotdan sakrash" nomini olgan loyiha noqulay ob-havo sharoitlari sabab bir necha bor qoldirilgan edi.

Avvalgi rekord 1961 yili amerikalik harbiy Jozef Kittinger tarafidan qo'yilgan edi. U 31 ming kilometrlik balandlikdan sakragan.

Yangilanish: YouTube sayti bergan ma'lumotga ko'ra, Baumgartnerning parashyut bilan sakrashi YouTube ning jonli efirdagi tomoshabinlari soni bo'yicha ham rekord o'rnatdi. Jonli efirda ko'rsatilgan sakrash jarayonini bir vaqtning 8 milliondan oshiq kishi tomosha qildi.
Baumgartner stratosfera havo qatlamiga chiqish jarayonida maxsus kapsula ichida bo'ldi.
Baumgartner stratosfera havo qatlamiga chiqish jarayonida maxsus kapsula ichida bo'ldi.
Avstriyalik skaydayver stratosferadan sakrash uchun maxsus tayyorlangan skafandrda kapsulaga kirmoqda.
Avstriyalik skaydayver stratosferadan sakrash uchun maxsus tayyorlangan skafandrda kapsulaga kirmoqda.
Kapsulani 38 kilometr balandlikka olib chiqqan havo shari.
Kapsulani 38 kilometr balandlikka olib chiqqan havo shari.
XS
SM
MD
LG