Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:22

Messiga "Oltin butsa" sovrini topshirildi


Kataloniyaning “Barsenola” futbol klubi hujumchisi Lionel Messiga o‘tgan Yevromavsumda eng ko‘p to‘p kiritgani uchun “Oltin butsa” sovrini topshirildi.

2011/2012 yilgi mavsumda 25 yoshli argentilaik Ispaniya chempionatida 50ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Eslatamiz, ushbu sovrin Messining birinchi “Oltin butsa”si emas. U 2010 yili ham Yevromavsum to‘puralari peshqadami bo‘lgan edi.

Taqdimot marosimidan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida Lionel Messi futbolchilik faoliyatini “Barselona” tarkibida yakunlashni istashini aytib o‘tdi.

Messi 2009, 2010, 2011 yillari FIFA tarafidan yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.

Transfermarkt.co.uk nashriga ko'ra, "Barselona" hujumchisning transfer narxi 120 million yuvroga teng.
XS
SM
MD
LG