Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:39

Futbol: O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida


O'zbekistonning 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan yoshlar terma jamoasi BAAda o'tayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichida Shimoliy Koreya termasini 2:0 hisobida mag'lub etdi va musoqaba chorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

8 noyabr kuni o'tgan uchrashuvning birinchi yarmi ikki tomonlama bosim va hujumlarga boy o'tganiga qaramasdan jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni Ahmadjon Musayev shogirdlari raqiblariga qaraganda ancha faolroq boshlashdi. Raqib maydonchasida o'zbekistonlik Igor Sergeyevga nisbatan qo'llanilgan qo'pollikdan so'ng hakam Shimoliy Koreya darvozasi olida penalti belgiladi. Serveyevning o'zi penaltini ijro etdi va o'yindagi hisobni ochdi - 1:0.

Oradan to'rt daqiqa o'tib Timur Hakimov o'ng qanotdan shimoliy koreyaliklar maydonchasiga yorib kirdi va himoyachini chalg'itgan holda darvozaning bo'sh qolgan burchagini aniq nishonga oldi. Hisob 2:0.

  • Shu o'rinda eslatib o'tamiz, Timur Hakimov O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar terma jamoasi tarkibida 2010 yilgi Osiyo chempionatining finalida Shimoliy Koreya termasiga mag'lub bo'lgan edi.

O'yin ohirigacha 2:0 hisobi o'zgarmadi va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "C" guruhida 7 ochko to'plagan holda birnchi bo'lib, musobaqa chorak finaliga yo'llanma oldi.



Guruhning ikkinchi o'yinida esa Iordaniya terma jamoasi Vyetnam termasi ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozondi. 5 ochko bilan guruhda ikkinchi bo'lgan Iordaniya ham chorak finalga chiqdi.

Guruhda uchinchi va to'rtinchi bo'lgan Shimoliy Koreya va Vyetnam jamoalari chempionatni tark etishdi.

11 noyabr kuni bo'lib o'tadigan chorak final uchrashuvida Ahmadjon Musayev shogirdlari suriyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi.

Chorak finalda g'alaba qozonib, yarim finalga chiqqan jamoalar 2013 yili Turkiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga ham yo'llanmani qo'lga kiritadi.

***

Yana bir futbol xabari: 8 noyabr kuni o'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov Maxachqal'aning "Anji" futbol klubi tarkibida Angliyaning "Liverpul" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Yevropa Ligasi doirasida Moskva shahrida o'tgan o'yinda Ahmedov jamoasi 1:0 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsada, jamoa bosh murabbiyi Gus Xiddink uni o'yinning 30-daqiqasidayoq boshqa o'yinchiga almashtirdi.

Eslatamiz, ushbu o'yin Odil Ahmedovning iyun oyida olgan jarohati tuzalganidan so'ng o'tkazgan ikkinchi o'yinidir.
XS
SM
MD
LG