Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:55

Galaxy S III mashhurlik bo'yicha iPhone dan o'zib ketdi


Galaxy S III smartfoni
Galaxy S III smartfoni
Samsung sudda Apple kompaniyasiga yutqazgan bo'lishi mumkin, biroq smartfonlar bozorida Janubiy Koreya shirkati "tishlangan olma"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Strategy Analytics agentligi bergan xabarga ko'ra, Samsung shirkatining Galaxy S III smartfoni 2012 yilning uchinchi choragida eng mashhur mobil apparatga aylandi.

2012 yilning avgust-oktyabr qismida 18 million dona Galaxy S III smartfoni sotilgan. Mashhurlik bo'yicha ikkinchi o'rinni Apple shirkatining 16,2 million donada sotilgan iPhone 4S smartfoni egallab turibdi.

Shunday qilib, GSIII apparati smartfonlar bozorining 10,7 foizini egalladi. iPhone 4S esa bozorning 9,7 qismiga egalik qilmoqda.

Esingizda bo'lsa, yilning ikkinchi choragida iPhone 4S smartfoni savdo ko'rsatkichlari bo'yicha Galaxsy S III apparatini deyarli uch barobarga ortda qoldirgan edi (19,4 millionga 5,4 million).

Uchinchi chorakda iPhone 4S etkazib berish ko'rsatkichlarining pasayishiga Apple tarafidan sentabr oyi ohirida taqdim etilgan iPhone 5 smartfoni ham sabab bo'lgani aytilmoqda.

iPhone xaridorlari yangi apparat chiqishini kutib turishgani uchun iPhone 4S ga qiziqish pasaygan, deydi kuzatuvchilar.

Shuning uchun, kuzatuvchilarga ko'ra, yilning to'rtinchi choragida ko'rsatkichlar Samsung foydasiga bo'lmasligi mumkin.

Birinchi kundanoq savdosi chaqqon boshlangan iPhone 5 apparati yilning to'rtinchi choragida eng ko'p sotilgan smartfonga aylanishi ehtimoldan holi emas.

Bu tahminga dastlabki raqamlar ham asos bo'lmoqda. Oktybar oyi ohirigacha Apple olti million dona iPhone 5 sotishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa smartfonlar bozorining olti foizidir.

Strategy analytics agentligiga ko'ra, 2012 yilning avgust-oktyabr choragida dunyoda 170 million dona smartfon sotilgan. Bu esa ikkinchi chorak ko'rsatkichidan 15 millionga ko'p.
XS
SM
MD
LG