Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:54

Nishonda yosh qizchani zo‘rlashda gumonlangan shaxs hibsga olindi


Rossiyadagi mehnat muhojirligidan qaytgan nishonlik yigit hamqishlog‘i bo‘lgan besh yashar qizchani zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsga olindi.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan xodimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda 28 oktyabr kuni Mehnatobod qishlog‘i yaqinidagi paxta dalasida besh yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, shu qishloq fuqarosi Himmat Choriyev hibsga olinganini tasdiqladi.

Uning aytishicha, ayni paytda Himmat Choriyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Samarqand mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Mehnatobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ozodlik manbasi bu hodisa haqidagi xabar qishloq ahlini larzaga soldi, deydi:

- Rossiyada mehnat muhojiri edi. O‘sha kuni u ichib olib kechqurun soat oltilarda bir joydan kelayotsa boyagi qizcha dalada qo‘y boqib turgan bo‘lgan. Qishloqni chekkasi, uncha uzoq emas. Haqiqatan ham o‘sha iflos dalada besh yashar qizchani zo‘rlagan. Bu voqeani bir yosh bola ko‘rib qolib, yugurib borib bir yoshi kattaroq odamga aytgan. Ular kelib shu voqeaning guvohi bo‘lishgan,- deydi mehnatobodlik bu odam.

Uning aytishicha, shu zahoti Himmat Choriyev voqea joyidan qochib ketgan va o‘sha kunning o‘zida militsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan. Qizcha esa yigirma kun kasalxonada yotib, hozir uyiga olib kelingan:

- Qizchaning ahvoli juda yomon deyishyapti. Men o‘zim ko‘rganim yo‘g‘u, borib ko‘rgan qo‘shnilarimning aytishicha, u qizchani mayib qilib tashlagan,- deydi suhbatdosh.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118 moddasiga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XS
SM
MD
LG