Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:05

O‘zbekistonda aviachipta sotuviga oid tartib yana yangilandi


Yangi yildan boshlab O‘zbekistondagi xorijiy aviakompaniyalarga o‘zbekistonlik bo‘lgan va bo‘lmagan yo‘lovchilarning hammasiga chet el valyutasida chipta sotish imkoni berildi.

1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan chet el havo kompaniyalari aviachiptalarni O‘zbekiston rezidentlari va bu mamlakat rezidentlari bo‘lmagan shaxslarga, parvoz qayerdan boshlanib, qayerda yakunlanishidan qat‘inazar, chet el valyutasiga sotishi mumkin.

Mahalliy aviakompaniyalar ham O‘zbekiston rezidentlari emas shaxslarga parvoz qayerdan boshlanib, qayerda yakunlanishidan qat‘inazar, chet el valyutasiga sotishi mumkin. Rezidentlar esa, parvoz to‘laligicha respublikadan tashqarida bo‘lsagina biletni chet el valyutasiga sotib olishi mumkin.

Yangi yilning birinchi kunidan kuchga kiradigan bu tartib, “Norma.uz” nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19 dekabrda qabul qilingan qarori bilan joriy etilgan.

2011 yilning 5 avgustidan kuchga kirgan Vazirlar mahkamasining avvalgi qaroriga binoan esa O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha aviashirkatlarga chiptalarning ma‘lum qismini "xorijiy valyuta"da sotish, qolganini esa o‘zbek so‘mida sotish talabi qo‘yilgan edi.

Ushbu qoror matnida O‘zbekiston fuqarosi uchun mamlakatning istalgan burchagida faoliyat ko‘rsatayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviashirkatidan, misol uchun, Toshkent-Moskva aviachiptasi uchun so‘m, Moskva-Toshkent aviachiptasi uchun esa xorijiy valyutada to‘lash shart qilib belgilangan edi.

O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan fuqarolar, ya‘ni O‘zbekistonga safar qilayotgan yoki mamlakatda yashayotgan xorij fuqarolari barcha aviachiptalar, jumladan mamlakat ichidagi reyslar uchun ham biletlarni valyutaga sotib olish tartibi joriy etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida barcha to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi kerak.

Hozir Ozodlik muxbiri Vazirlar Mahkamasining navbatdagi qaroriga oid tafsilotlarni aniqlashga urinmoqda. Vebsaytimizni kuzatib boring!
XS
SM
MD
LG