Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:44

Ravshan Ermatov dunyo hakamlari reytingida oltinchi o'rinni egalladi


O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan tuzilgan yilning eng yaxshi hakamlari reytingida 6-pog'onani egalladi.

15 nafar hakam joy olgan ushbu reytingda portugaliyalik referi Pedru Proensa 2012 yildagi dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Ermatov IFFHSning 2011 yilgi reytingida uchinchi, 2010 reytingida ikkinchi o'rinni egallagan edi.

Eslatamiz, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov qatorasiga to'rt marta - 2008 yildan 2011 yilgacha Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

2012 yilda esa ushbu nufuzli unvon yaponiyalik hakam Yuichi Nishimuraga topshirildi.

Ravshan Ermatov 2010 yilda Janubiy Afrikada bo'lib o‘tgan Jahon chempionatidagi ilk o‘yinga hakamlik qilib, bir Jahon chempionati davomida jami beshta o‘yinni boshqargan tarixdagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.
XS
SM
MD
LG