Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:28

Qayta-qayta nomlangan Toshkent ko‘chalari


Ko‘chalar¸ ko‘chalar daryo ko‘chalar... 1973 yilda taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Muhabbat Shamayeva Toshkent ko‘chalariga bag‘ishlab aytgan qo‘shig‘i el orasida urf bo‘lgan edi.

Oradan o‘tgan 40 yil mobaynida Shamayeva qo‘shig‘ida kuylangan bu ko‘chalar nomi kamida 3 martadan o‘zgardi.

Ko‘chalar nomlarini o‘zgartirishning ilk to‘lqini O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin kuzatildi.

Son sanoqsiz Lenin va Kalinin ko‘chalarining o‘zbekcha nomlarga o‘zgartirilishi ziyolilar tarafidan yaxshi qarshilandi.

Bu asnoda yana bir muammo yuzaga chiqdi. Katta-katta ko‘cha va guzarlarga oddiy maktab yoki kombinat direktori kabi o‘rtamiyona shaxslarning nomlari qo‘yila boshlandi.

Masalan, Urganch tuman Xalq ta‘lim bo‘limida ishlagan oddiy mulozimning nomi tumandagi o‘rta maktabga qo‘yildi.

Mulozimning prokuraturada ishlaydigan qudratli o‘g‘illari buni tashkillashtirdi.

Bunday holatlarga barham berish uchun maktablardan atoqli nomlar olib tashlanib, faqat raqamlar bilan belgilanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti 2011 yil oktyabr oyida imzo chekkan farmonda ko‘chalar, prospekt va mahallalar, maydon va parklarga O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarni mustasno qilganda, alohida shaxslar, ijtimoiy-siyosiy arboblar nomini berish taqiqlangan.

O‘sha qarorga muvofiq¸ O‘zbekiston bo‘ylab sovet tuzumiga aloqador, deb ko‘rilgan tarixiy shaxslar nomidagi joylar va inshootlar nomlari o‘zgartirildi.


Anna Axmatova - davay dosvidaniya


Kuni kecha Toshkentda 237ta ko‘cha va mahalla nomi o‘zgartirildi.

Toshkent shahar kengashi qaroriga muvofiq nomi o‘zgargan ko‘chalar ro‘yxatida Sobir Rahimov, Anna Axmatova, Abror Hidoyatov, Abdulla Qahhor, Yetim Bobojonov, Nabi G‘aniyev kabi ko‘chalar ham bor.

Toshkent shahar hokimiyati kengashi qaroriga muvofiq nomlari o‘zgartirilgan ko‘cha va mahallalar ro‘yxati mahalliy ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilindi.

Ro‘yxatda Sobir Rahimov ko‘chasi – Taxtapul Darvoza, Anna Axmatova ko‘chasi - So‘g‘diyona, Abror Hidoyatov – 1-proyezd Umid, Mannon Uyg‘ur ko‘chasining bir qismi Gulobod, Yetim Bobojonov ko‘chasi – 4-proyezd Dilnavo, Nabi G‘aniyev – Shu‘la, Hamza Umarov ko‘chasi – Toshbuloq ko‘chasi deb o‘zgartirilgan.

Ismlari zikr qilingan shaxslarning O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirmagani bois ko‘chalardan olib tashlangani anglashildi.

Abror Hidoyatov¸ Nabi G‘aniyev¸ Hamza Umarov kabi o‘zbek teatri va kinosi asoschilari¸ Samad Vurg‘un¸ Abdulla To‘qay¸ Anna Axmatova kabi taniqli shoirlar nomi o‘zbek ko‘chalariga loyiq emasmi?

Bu savol javobini Qurultoy eshittirishida muhokama qildik.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:03 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG