Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:10

Toshkentda avtobusda 1 oy yurish 80 000 so‘mga tushadi


Joriy yilning 2 aprelidan e‘tiboran O‘zbekiston poytaxtida jamoat transportida yurish haqi 14,28 foizga ko‘tarildi.

“Toshshahartransxizmat” assotsiatsiyasi saytida berilgan ma‘lumotga ko‘ra, bugundan boshlab toshkentliklar va poytaxt mehmonlari shahar transportida yurish uchun avvalgidek 700 so‘m emas, balki 800 so‘mdan to‘laydilar.

Yangi tarif shahar avtobuslari, tramvaylar va metropolitenga daxldor bo‘lib, bundan yo‘nalishli taksilar mustasno. Shuningdek, shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda ham yo‘l haqi 800 bo‘lishi aytilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” assotsiatsiyasi shahar transportida yurish haqining oshirilishini yonilg‘i va ehtiyot qismlariga sarflanajak xarajatlar ko‘paygani bilan izohlamoqda.

Shuningdek, assotsiatsiya oylik chiptalar narxini ham oshirgan. Chunonchi, aprel oyidan boshlab avtobus va tramvay oylik chiptalari narxi avvalgidek 70 ming so‘mni emas, balki 80 ming so‘mni tashkil qiladi. Maktabdan olinmish ma‘lumotnomaga ega bo‘lgan o‘quvchilar va talabalik guvohnomasiga ega bo‘lgan studentlar bunday chiptani endilikda 40 ming so‘mga olishi mumkin (narx oshmasidan avval 35 ming so‘m edi). Pensiya guvohnomasiga ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar va nogironlar ham oylik chiptani 2 apreldan boshlab avvalgidek 35 ming so‘mdan emas, 40 ming so‘mdan olishlari kerak bo‘ladi.

Ayni paytda qator toifadagi kishilarning shahar transportidan bepul foydalanish huquqi saqlangan. Bunday kishilar qatoriga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, 1-guruhdagi urush nogironiga hamrohlik qiluvchi kishi, 1941-1945 yillardagi urushda jabhaortida mehnat qilib, orden va medallar bilan taqdirlangan kishilar, afg‘on urushi qatnashchilari, chernobilchilar, ko‘zi ojiz nogironlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxs, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar, starshinalar, praporshchiklar va katta praporshchiklar, michman va katta michmanlar, kichik serjant, serjant va katta serjantlar hamda 7 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar kiradi.
XS
SM
MD
LG