O‘zbekiston chegarasidagi Bojxona xizmati postlariga cheklangan import tovarlarining yana bir ro‘yxati tarqatildi. Shokolad 3 aprel kuni tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlar ro‘yxatidan o‘rin olgan xorijiy yemaklardan biridir.
Xorijdan mebel olib keladigan xususiy tadbirkorlardan biri 3 aprel kuni O‘zbekiston chegaralaridagi bojxona postlariga importi cheklangan mahsulotlarning 20 varaqqa joylangan ro‘yxati tarqatilganini xabar qildi.
Bu ro‘yxatlar O‘zbekiston prezidentining mamlakatda ichki ishlab chiqarishni quvvatlash maqsadida importni qisqartirishga qaratilgan 29 mart kungi famoni asosida ishlab chiqilgan
Ozodlik manbasining ismi sir qolishi sharti bilan aytishicha, bu ro‘yxatning ikki varag‘idan oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan.
- Perechenning listi chiqibdi. Tamojnyaga olib kelishibdi bugun. Men telefon qilib so‘radim. Ikkita varag‘ida oziq-ovqat mahsulotlari bor ekan. Oziq-ovqatlarning ham ko‘pi kamaytirilgan, shokoladlar ayniqsa, dedi bu tadbirkor.
Uning aytishicha, 5 aprel kuni importi cheklangan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati bojxonachilarga taqdim qilinadi.
- 5 aprel kuni kelishib, chegaradagi bojxonachilarga maxsus programma o‘rnatib berib ketisharkan. Ichida cheklanadigan yo taqiqlanadigan hamma tovarlarni kodlari bo‘larkanda endi mening tushunishimcha, dedi toshkentlik tadbirkor.
Toshkent shahridagi qandolat mahsulotlarini sotuvchi qator do‘konlardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, 3 aprel kungi ro‘yxatdan xorijdan kelishi mutlaqo taqiqlangan shirinliklar ham o‘rin olgan.
Ozodlik hozircha taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlariga oid to‘liq ma‘lumotni olishga muvaffaq bo‘lmadi.
Ammo bu borada xabar qilgan toshkentlik manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga muqobil xorijiy mahsulotlar taqiqlangan.
Xuddi shunday mamlakatning o‘zida chiqayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlarining xorijiy muqobillari ham taqiqlangani aytilmoqda.
O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasidan hozircha bu borada biror rasmiy ma‘lumot olishning imkoni bo‘lmadi.
Ammo, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Bojxona postlaridan biridagi manbaga tayanib, ismi sir qolishi sharti bilan so‘zlagan toshkentlik iqtisodchiga ko‘ra, taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati ham anchagina uzun bo‘lishi kutilmoqda.
"Asosan, o‘zimizda chiqadigan bitovoy texnikalar va oziq-ovqatlar taqiqlanadi, deyishyapti. Lekin, hali hech narsa ma‘lummas. 5 aprelgacha kutish kerak", dedi iqtisodchi.
Bunga qadar O‘zbekistonga olib kirishda bevosita bo‘lmasada, bilvosita keskin cheklovga uchrashi kutilayotgan import mahsulotlarning dastlabki ro‘yxati paydo bo‘lgan edi.
Undan xalq iste‘moli mollarining 10 dan ortiq turi o‘rin olgan:
- uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz aloqa tarmoqlari uchun telefon apparatlari,
- ovqatni tayyorlash va isitish uchun qurilma,
- konditsionerlar,
- elektr yoki boshqa turdagi muzlatgichlar,
- sovutgichlar,
- uy-ro‘zg‘or idishlarini yuvish mashinalari,
- maishiy yoki kirxonalar uchun kir yuvish mashinalari,
- changyutgichlar,
- mikroto‘lqinli pechlar,
- maishiy turg‘un elektr plitalari,
- televizion va video bilan ishlovchi uskunalar,
- Qisilgan yoki suyultirilgan gaz uchun idishlar va hokazo.
Lex.uz saytida berilgan hujjatga ko‘ra, bular "maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak bo‘lgan chetdan keltiriladigan iste‘mol tovarlari”dir.
Bundan tashqari, 1 apreldan O‘zbekistonning chegaralardagi Bojxona nazorat punktlari O‘zbekistonga kirayotgan tovarlar va transport vositalari nazoratini kuchaytirishga oid yangi tartibda ishlay boshlagan.
Bu esa importni cheklashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning yana bir yo‘nalishidir.
Ya‘ni, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonga havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘li va suv transporti orqali kelayotgan tovarlar "ishonchliligini oshirish maqsadida" nazoratini kuchaytirish tartibini joriy etdi.
Bu tartib ham "mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlari kontrabandasi oldini olish va mahalliy ishlab chiqarishni quvvatlash" niyati bilan izohlangan 2013 yilning 29 martidagi O‘zbekiston prezidenti farmoni asosida ishlab chiqildi.
Ozodlik jarayon rivojini kuzatmoqdava mavzuga oid qo‘shimcha tafsilotlar bilan sizni tanishtirib boradi.