Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher 87 yoshida vafot etdi. Tetcherning matbuot kotibi Lord Bell mamlakat sobiq rahbari dushanba kuni insultga chalinishi ortidan vafot etganini bildirdi. Tetcherning sog‘lig‘i bir necha oydan beri yomon ahvolda edi.
Ispaniyaga safar qilayotgan Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron Margaret Tetcher vafoti munosabati bilan “biz buyuk yetakchidan, buyuk bosh vazir va buyuk britaniyalikdan judo bo‘ldik", deya ta‘ziya bildirdi.
- Undan qolgan me‘ros uning o‘z mamlakatiga chin dildan xizmat qilgani, mamlakatimizni qutqarib qolgani va bu bilan ulkan jasorat ko‘rsata olganidir. Odamlar uning yutuqlari mevasini o‘nlab yillar va balki asrlar davomida bilib boradi. Bu uning me‘rosidir,- dedi Devid Kameron.
Margaret Tetcher vafot etgani e‘lon qilinishi ortidan Kameron Ispaniyaga qilayotgan safarini to‘xtatishini e‘lon qildi.
Devid Kameron dushanba kuni kechqurun Ispaniyadan Frantsiyaga jo‘nab ketishi kutilayotgan edi. Biroq bu safar ham keyinga qoldirildi.
Bosh vazir ma‘muriyati Margaret Tetcher Londondagi Avliyo Pavel cherkovi qabristoniga harbiy ehtirom bilan dafn etilishini bildirdi. Ammo bu davlat dafn marosimi bo‘lmaydi.
Bekinghem saroyi Qirollicha Yelizaveta II Margaret Tetcherning o‘limidan chuqur qayg‘uga botganini bildirdi.
Yevropa Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barrozo Margaret Tetcherni “buyuk davlat arbobi” deya, ta‘ziya izhor qildi.
- U yagona bozor yaratishda yordam bergan. U Temir Parda ortida bo‘lgan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini Yevropa oilasiga qo‘shishda yetakchi rol o‘ynagan,- dedi Yevropa Komissiyasi prezidenti.
Sobiq SSSR prezidenti, Nobel Tinchlik mukofoti laureati Mixail Gorbachyov Tetcher vafoti munosabati bilan Interfaks agentligiga bergan intervyusida “Margaret Tetcher buyuk siyosatchi va yorqin shaxs edi. U xotiramiz va tarixda chuqur iz qoldirgan”, dedi.
“Temir Ledi” laqabi bilan ko‘chilikka tanilgan Margaret Tetcher 1979 – 1990 yillarda Britaniya Bosh vaziri bo‘lgan.
1992 yilda Britaniya parlamentining Lordlar Palatasi unga Baronessa Tetcher unvoni va Peressa (Lordlar palatasi a‘zosi-tahr.) maqomini bergan.
Tetcher Britaniyaning birinchi va hozircha yagona ayol bosh vaziri sifatida tarixga kirgan.