Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:55

Bahs maydoni: “Odnoklassniki” o‘zbek yoshlari uchun foydalimi yo ziyonli?


Ozodlikning navbatdagi Bahs maydoniga “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek yoshlariga foydasi borligini iddao qiluvchilar va bu fikrga qarshilar bahslashdi.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilarning virtual olamdagi eng ommabop ijtimoiy tarmog‘i sanalgan “Odnoklassniki” sayti 4 aprel kuni oqshom ishdan chiqdi.

Oradan 3 kun o‘tib ham sayt hali o‘ziga kelgani yo‘q, juda ko‘p funktsiyalari ishlamayapti.

Saytning ishdan chiqishi ortidan bu tarmoqqa ulangan millionlab o‘zbekistonliklar ham do‘stlari, yaqinlari va biznes aloqalaridan uzilib qoldi.

“Odnoklassniki” ishdan chiqqani haqidagi maqola Ozodlik saytiga qo‘yilganidan so‘ng ba‘zi mushtariylar do‘ppisini osmonga otib, xursand bo‘lganliklarini yozdilar:

“Juda bop ish buptida, kimmi karaseng kulida tilipun kitir-kitir, kitir-kitir, eee salumat busillar-e!”

yoki

“odnoklasniki kup oilalarning buzilishiga sabab buliyapti. bexaye profillar va umuman nomokul gruxlar kupayib ketdi.ayniksa bazi bir kiz bolalarning nomunosib xarakatlari yeki bolalar bilan nojuya tanishuvlari .....”

Biroq ba‘zi mushtariylar “Odnoklassniki”ning ishdan chiqqani haqidagi xabarni motam sifatida qabul qilganliklari ularning sharhlaridan ham bilinib turdi:

“Men umrimda bir kiz bilan, endi tanishyatudim. Endi nima bolarkiyen deb oyelanib koldim! Bu sayet eьlon kilishi shart edi shunaka axvol bolishi togrisida!”

yoki

“juda yomon boldi Ok o'chani umuman bizneslar qolibketdi xisobodlar endi nima boladi ilohim tezro ochilsin ishga tushsin” (sharhlar orfografiyasi aslida qanday bo‘lsa, shundayligicha berilmoqda - Ozodlik)

Navbatdagi Bahs maydonida “Odnoklassniki” tarafdorlarining nima sababdan qayg‘uga botganliklari, unga qarshilarning nega xursand bo‘lib ketganliklari xususida munozara yuritiladi.

Xo‘sh, bu ijtimoiy tarmoq o‘zbek yoshlariga foyda keltirayaptimi yoki ziyon?

Bahsda ishtirok etgan farg‘onalik 27 yoshli Abdulla Farg‘oniy va Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Davronbek “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek yoshlarining ma‘naviy tarbiyasiga juda katta zarar keltiryapti degan fikrda sobit turgan bo‘lsalar, buxorolik Buxoro qizi, Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri 22 yoshli Abdurahmon va Germaniyada ishlayotgan o‘zbekistonlik 35 yoshli Jamshid fikricha “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek yoshlari uchun foydasi ko‘proq bo‘lyapti.

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:


Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:39:41 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG