Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:14

Bishkekda snaryad portlashida ikki kishi halok bo‘ldi


Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida harbiy snaryad portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga Bishkek shahri militsiya boshqarmaligi rahbari Melis Turg‘anbayev ma‘lum qildi.

Rasmiyga ko‘ra, seshanba kuni poytaxtning Lenin tumanida ro‘y began portlashga ikki kishi harbiy snaryadni arralagani sabab bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar snaryadni rangli metalbni olish uchun arralagani aytilmoqda.

Voqea joyida yana ikki harbiy snaryad topilgan.

Ayni damda snaryadlarning fuqarolar qo‘liga qanday tushib qolgani o‘rganilmoqda.
XS
SM
MD
LG