Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:05

Sichuandagi zilzila qurbonlari soni 200 dan oshdi


Xitoy janubiy-sharqidagi Sichuan viloyatida yakshanba kuni qutqaruvchilar zilziladan jabr ko‘rgan eng ovloq qishloqlarga ham yetib borishga muvaffaq bo‘ldilar. Avvalroq yo‘llar to‘silib qolgani tufayli ayrim aholi punktlariga o‘tishning imkoniyat bo‘lmayotgani haqida aytilayotgandi.

Shanba kuni Sichuanda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi oqibatida, so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, 200 dan ziyod odam nobud bo‘lgan, 11 ming chog‘li kishi tan jarohati olgan.

Ayrim joylarda ko‘chki yo‘llarni to‘sib qo‘ygan, suv va elektr ta‘minotida uzilishlar bo‘lgan, telefon aloqasi ham uzilgan.

2008 yilning may oyida ham Sichuan viloyatida kuchli zilzila sodir bo‘lib, bu tabiiy ofat natijasida taqriban 90 ming odam halok bo‘lgandi.
XS
SM
MD
LG