Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:24

​​Futbol: "Borussiya" YeChL finalida


Dortmundning “Borussiya” futbol klubi seshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasining yarim finali javob uchrashuvida Madridning “Real” klubiga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlarning ikkala goli ham o‘yin so‘nggida kiritildi. Karim Benzema 83-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, besh daqiqa o‘tib Serxio Ramos hisobni 2:0 ga yetkazdi.

“Real” g‘alabasiga qaramay, dastlabki o‘yinda 4:1 hisobida g‘olib bo‘lgan “Borussiya” gollar nisbati bo‘yicha qo‘li baland kelib, YeChL-2013 bellashuvlarining ilk finalchisiga aylandi.

Bugun, 1 may kuni yarim final ikkinchi juftligi – “Barselona” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Myunxenda o‘tgan dastlabki o‘yinda “Bavariya” 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvi 25 may kuni Londonning taniqli “Uyembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.


XS
SM
MD
LG