Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:20

Quvurdan gaz sug‘urishni jinoyat deb e‘lon qilmoqchilar


Uzbekistan - because of the lack of the gas Uzbek woman is using wood to cook a food, undated
Uzbekistan - because of the lack of the gas Uzbek woman is using wood to cook a food, undated
Oliy majlis informatsiya xizmati tarqatgan ma‘lumotlarga ko‘ra, quyi palata deputatlari neft va gaz mahsulotlari quvurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik, bu ob‘ektlarga zarar yetkazish va yaroqsiz holatga keltirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutiluvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Oliy majlis Qonunchilik palatasi o‘tgan hafta boshida birinchi o‘qishda qabul qilgan qonun loyihalari orasida tabiiy gazdan foydalanuvchi har bir o‘zbekistonlik hayotiga bevosita ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qonun loyihasi bor.

Parlamentning informatsiya xizmati tarqatgan ma‘lumotlarga ko‘ra, quyi palata deputatlari neft va gaz mahsulotlari quvurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik, bu ob‘ektlarga zarar yetkazganlik va yaroqsiz holatga keltirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutiluvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Neft va gaz quvurlari va ular ichida oqayotgan mahsulot xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan qonun qamrab oladigan huquqbuzarliklar spektri juda keng bo‘lishi mumkin.

Lekin O‘zbekistonda aholiga beriladigan tabiiy gaz hajmining talab darajasida bo‘lmagani bois, ko‘chalar bo‘ylab tortilgan gaz quvurlaridan turli moslamalar yordamida gaz tortish holatlari tez-tez uchrab turadi.

Yillar davomida tinglovchilarimiz bilan gaz ta‘minoti muammolariga oid suhbatlarga asosan aytilayotgan bu fikrga mamlakatning bir necha tumani gaz ta‘minoti korxonalari xodimlari bilan 6 may kuni qilgan muloqotlarimiz isbot bo‘la oladi.

Suhbatdoshlarimizning birontasi ham “o‘zboshimchalik bilan quvurga ulanish holatlari yo‘q”, deya olmadi.

Shuning uchun ulardan gaz o‘g‘rilariga qarshi shu paytgacha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida so‘radik.

Samarqand viloyati, Bulung‘ur tuman gaz ta‘minoti korxonalari vakili bunday dedi:

- Jarimasi bor. Ruxsatsiz ulanib olgani uchun jarima solinadi.

Farg‘ona viloyati, Buvayda tuman gaz ta‘minoti korxonasi vakilidan esa, mana bu gapni eshitdik.

- O‘zboshimchalarga jarima solinadi. Lekin jarima miqdorini bilmayman.

Andijon viloyati, Bo‘z tuman gaz ta‘minoti korxonasi xodimi ko‘proq savollarimizga javob berdi.

- Nasos o‘rnatganlarga akt tuziladi. Militsiyaga topshirilganlar ham bor. Ichki ishlar xodimlari, yong‘in xizmati xodimlari bilan birgalikda reydlar o‘tkaziladi.

Ozodlik: Ushlanganlarga qanday chora ko‘riladi?

- Jarimaga tortiladi.

Ozodlik: Lekin bunday ish uchun hali birov qamalgan emas-a?

- Yo‘q, yo‘q. Qamalgan emas. Lekin nasoslari musodara qilinadi.

Neft va gaz mahsulotlari quvurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik, bu ob‘ektlarga zarar yetkazish va yaroqsiz holatga keltirganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutiluvchi qonun loyihasi mualliflari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Shuning uchun mazkur hujjatda qonunbuzarlar uchun qanday jazo choralari nazarda tutilayotgani to‘g‘risida bugun aniq gap ayta olmaymiz.

Biroq jazoning shu kundagi jarimadan ko‘ra keskinroq bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas.

Aholiga beriladigan tabiiy gaz hajmining talab darajasida emasligi bois ko‘chalar bo‘ylab tortilgan gaz quvurlaridan turli moslamalar yordamida gaz tortish turli fojealarga sabab bo‘lmoqda.

Masalan, 2011 yilning noyabrida Andijon shahrining 2-mikrorayoni, 65- do‘kon oldida yuz bergan portlash to‘g‘risida Ozodlik manbasi xabar berar ekan:

- Gaz motorini qo‘yishgan ekan. Gaz tortadigan moslama. U qo‘yilganda ko‘proq gaz kelib qolganmi yoki svet o‘chib qolganmi, ishqilib bitta pod‘ezd portlab ketgan, 65-magazinning ënida. To‘rttasi o‘lgan, degan gapni eshitdik, degan edi.

Gaz quvurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib oluvchilarni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi va qabul qilinishi kutilayotgan qonun bu sohadagi muammolarni bartaraf etishga qay darajada ta‘sir eta olishini taxmin qilish qiyin.

Lekin bu qonundan mamlakatning ba‘zi hududlari aholisi qo‘rqmasa ham bo‘laveradi. Masalan, Qashqadaryo viloyatining olis qishloqlaridagilar. Ular quvurdan nasosda gaz tortmaydi. Chunki bu ishni qilish uchun elektr quvvati bo‘lishi lozim.

Har holda qashqadaryolik tinglovchilarimizdan biri bunday dedi:

Ozodlik: Quvurni teshib, nasos o‘rnatisharmish. Ko‘rganmisiz shundaylarni?

- Eshitganman, lekin ko‘rgan emasman. Chunki nasos qo‘yish uchun svet kerak.

Ozodlik: Qishda svet bo‘lmaydimi?

- Svetni qishdayam, yozdayam bir soat, yarim soat berishadi, xolos.
XS
SM
MD
LG