Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:12

Referi Ravshan Ermatov Braziliyaga chaqirildi


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov shu yilning 16-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarini boshqarish uchun Braziliyaga chaqirildi.

Braziliyada maydonlarida Ravshan Ermatovga o‘zbekistonlik qanot hakami Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik qanot hakami Bahodir Qo‘chqorovlar yordam berishadi.

Konfederatsiya kubogida qit‘alar chempionlari ishtirok etadi. Bu yilgi kubokda Braziliya, Yaponiya, Meksika, Italiya, Ispaniya, Urugvay, Taiti hamda Nigeriya terma jamoalari bellashadi.

Kuzatuvchilar ushbu turnir Ravshan Ermatov uchun 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan katta sinov ekanini aytishmoqda.

Eslatamiz, o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov qator yirik futbol turnirlari, jumladan, 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionati o‘yinlarigi boshqargan.
XS
SM
MD
LG