Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:12

"Manchester Yunayted"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi


Ser Aleks Fergyuson (chapda) va Devid Moyes.
Ser Aleks Fergyuson (chapda) va Devid Moyes.
Angliyaning "Manchester Yunayted" futbol klubi yangi bosh murabbiyi etib 2002 yildan beri "Everton"ni boshqarib kelgan Devid Moyes tayinlandi.

Kecha, 9 may kuni "MYu" 50 yoshli murabbiy Moyes bilan 6 yillik shartnoma imzolagani ma'lum bo'ldi.

Eslatamiz, so'nggi 26 yil mobaynida manchesterlik "qizil iblislar"ni boshqarib kelgan 71 yoshli ser Aleks Fergyuson 8 may kuni o'z murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi ekanini bildirgan edi.

"Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi o'z lavozimiga joriy yilning 1 iyulidan boshlab kirishadi.

Klub veb-sahifasida yozlishicha, bosh murabbiylikka Devid Moyes nomzodini Fergyusonning o'zi tafsiya etgan.

Moyes Fergyuson kabi shotlandiyalikdir. U 1998-2002 yillarda "Preston Nort End" jamoasiga murabbiylik qilgan. 2002 yilda esa Liverpulning "Everton" klubiga bosh murabbiy sifatida taklif etilgan.

Moyes "Everton" bilan hech bir titulni qozonmagan bo'lsa-da, u Angliyada uch karra yilning eng yaxshi murabbiyi, deb tanlangan.

Ser Aleks Fergyusson "Manchester Yunayted" jamoasiga 1986 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan edi. Bu davr ichida taniqli murabbiy 12 marta Angliya chempionatida va 2 marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan.

Angliya futboli ravnaqiga qo'shgan hissasi uchun Fergyusonga 1999 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tarafidan ritsarlik unvoni berilgan.

Taniqli murabbiy qo'l ostida qator futbol yulduzlari, hususan, Erik Kantona, Devid Bekhem, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Rayan Gigz va Robin van Persilar faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, bosh murabbiylik lavozimini topshirishiga qaramay ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ning boshqaruv lavozimlarida qoladi.

19 may kuni "MYu"ning "Vest Bromvich Albion" klubiga qarshi o'tadigan o'yini esa Fergyuson uchun murabbiylik faoliyatidagi so'nggi va "MYu" dagi 1500-uchrashuvi bo'ladi.
XS
SM
MD
LG