Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:28

Andijon voqealariga 8 yil bo‘ldi


Bugun Andijon voqealariga 8 yil to‘ldi.

2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealar chog‘ida, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 180 kishi halok bo‘lgan. Mustaqil manbalar esa fojea qurbonlari soni bundan bir necha bor ko‘p bo‘lganini ta‘kidlaydilar.

Andijon shahrida 8 yil avval sodir bo‘lgan voqealarni xalqaro jamoatchilik tinch namoyishchilarning hukumat askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi o‘laroq e‘tirof etgan bo‘lsa, o‘zbek rasmiylari buni mahalliy terrorchilar fitnasi sifatida baholaganlar.

Bobur maydonidagi qonli fojeadan keyinoq xalqaro jamoatchilik o‘zbek rasmiylaridan Andijon voqealari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq bu talab rasmiy Toshkent tomonidan rad etilgan.

Bu yil Andijon voqealarini xotirlashga bag‘ishlangan yagona tadbir o‘zbek muxolifati faollari va mustaqil kuzatuvchilar ishtirokida Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazildi. Biroq mazkur tadbirda avvalda o‘z haq-huquqlarini faol talab qilib kelgan voqea ishtirokchilaridan birortasi qatnashmadi.
XS
SM
MD
LG