Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:37

App Store'dan yuklab olingan dasturlar soni 50 milliardga yetdi


Apple shirkatining App Store online dasturlar do'konidan yuklab olingan dasturlar soni bugun 50 milliardga yetdi. Bu haqda shirkat o'zining rasmiy veb-sahifasi orqali ma'lum qildi.

"Tishlangan olma" shirkati, avvalroq xabar berilganidek, 50 milliardinchi dasturni yuklab olgan foydalanuvchiga App Store'dagi pulli dasturlarni sotib olish uchun 10 ming AQSh dollariga teng sertifikat sovg'a etadi.

Sertifikat orqali iTunes xizmatidan musiqalar va iBookStore xizmatidan kitoblarni sotib olish ham mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, Apple g'olibdan keyin dasturlarni yuklab olgan yana 50 foydalanuvchiga ham 500 dollarlik sertifikatlarni topshiradi.

Hozircha ushbu sertifikatlarni yutib olganlarning ismlari ochiqlangani yo'q.

App Store online do'koni 2008 yilning iyul oyida ishga tushirilgan. Dastlab magazinda atigi 500 dastur bo'lgan. Ayni damda esa u yerdagi dasturlar soni 850 minga yetgani aytilmoqda.

2012 yili App Store do'konidan yuklab olingan dasturlar soni 25 milliardga yetga edi. Shirkat statistikasiga ko'ra, bir kunda o'rtacha 50 million dastur yuklab olinadi.

Apple shirkati raqobatchisi Google'ning Android bazasi asosida ishlovchi mobil uskunalarga mo'ljallangan Google Play nomli magazini ham yuklab olish ko'rsatkichi bo'yicha App Store'ga yaqinlashib qoldi. 15 may kuni Google do'konidan yuklan olingan dasturlar soni 48 milliardga yetganini ma'lum qilgan edi.
XS
SM
MD
LG