Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:29

Mobil viruslarning 99,9 foizi Androidni nishonga oladi


Dunyo bo'ylab mobil aloqa apparatlarini nishonga olayotgan viruslarning 99,9 foizini Android operatsion tizimi asosida ishlovchi smartfon va planshetlarga hujum qiladi.

Bu haqda anti-virus dastrular ishlab chiqaruvchi Kasperski Lab shirkati o'zining yangi hisobotida ma'lum qildi.

Hisobotda aytilishicha, 2013 yilning birinchi choragida mobil aloqa apparatlari uchun tuzlayotgan virus dasturlar soni o'tgan yilgiga qaraganda sezilarli darajada oshgan.

Viruslarning asosiy qismini har hil maqsadlarda ishlatiluvchi troyan dasturlari tashkil etmoqda.

Jumladan, SMS troyanlar, ya'ni mobil telefondan pulli raqamlarga yashirin tarzda SMS-xabarlar yuboruvchi dasturlar barcha viruslarning 63 foizini tashkil etadi.

2013 yilning dastlabki uch oyligida aniqlangan mobil viruslar soni 2012 yilning olti oyiligida aniqlangan viruslar soniga teng, deydi Kasperski Lab.

Shirkat hisobotida aytilishicha, viruslar mobil aloqa apparatlariga asosan (91%) shubhali havolalar (linklar) orqali yuqadi.

Viruslar qayerdan keladi, deysizmi? Kasperski Lab bu savolga ham javob beradi. Eng ko'p virus dasturlar tuzilivchi mamlakatlar uchligiga AQSh (25%), Rossiya (19%) va Gollandiya (14%) kiradi.

Aziz mushtariy, sizning mobil telefoningiz yoki planshetingizga virus tushganmi? Viruslardan saqlanish uchun anti-virus dasturlaridan foydalanasizmi?
XS
SM
MD
LG