Qonida doping izlari topilib, Longon Olimpiadasidan chetlatilgan o'zbekistonlik gimnastikachi Luiza Galiulina ikki yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi.
O'zbekistonlik gimnastikachini ikki yilga musobaqalrdan chetlatish qarorini Sport arbitraj sudi chiqardi.
Eslatamiz, o'tgan yili Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) qonida taqiqlangan furosemid moddasi topilgan Galiulinani olti oyga sportdan chetlatgan edi.
Biroq bu qarorga rozi bo'lmagan Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) 2012 yilning dekabr oyida Sport arbitraj sudiga apellatsiya shikoyati kirgizgan.
- ... Olimpiada o'yinlaridan chetlatilishning o'zi gimnast uchun xos jazo bo'lgan. Uzoq vaqtga [musobaqalardan] chetlatilishi uning karyerasiga nuqta qo'yilganini anglatishi mumkin, - deb yoziladi Xalqaro gimnastika federatsiyasi veb-sahifasida.
2012 yilning noyabr oyida Ozodlik bilan suhbatda 21 yoshli sportchi Luiza Galiulina doping iste'mol qilmaganini aytgan.
- Mening o‘zim ham hayronman, qanday qilib bunaqa modda mening tanamda paydo bo‘lib qolganidan. Kimdir ataylab buni ovqatimga tashlab qo‘ygan bo‘lsa kerak. Yana bilmadim. Bu preparatni faqat vazni ortiqcha bo‘lgan odam ichishi mumkin. Buni ichishga hech qanaqa hojat yo‘q edi¸ - degan edi o‘zbekistonlik sportchi.
Furosemid sportda taqiqlangan moddalardandir. U sportchi organizmidagi boshqa doping moddalari izini yashirish uchun qo'llanishi mumkin.

Luiza Galiulina London Yozgi Olimpiadasida O‘zbekistonni tamsil etgan yagona sport gimnastikachisi edi.
Musobaqalar boshlanishidan uch kun oldin, 25 iyul kuni Galiulina doping sinovidan o‘tgan.
Qonida taqiqlangan furotsemid moddasi topilganidan so‘ng u dastlab vaqtincha musoboqalardan chetlatilib, keyin Olimpiada qishlog‘idan haydalgan edi.
Murabbiylari uning Olimpiada medallaridan birini olishiga umid qilishayotgan edi.
Galiulina o‘tmishda bir qator xalqaro musoboqalarda muvaffaqiyatli chiqishlari bilan tanilgan o‘zbek gimnastikachisidir.
U Qatarda 2005 yili bo‘lgan Osiyo chempionati hamda 2010 yili Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2011 yilda sport gimnastikasi bo‘yicha Belgiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqalarida ham Galiulina uchinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Luiza Galiulina London olimpiadasida taqiqlangan modda iste‘mol qilgani sababli musobaqalardan rasman chetlatilgan o‘zbekistonlik yagona sportchi emas.
O‘zbekistonlik dzyudochi Abdulla Tangriyev qonidagi nasha alomatlari topilganidan so‘ng London Olimpiadasiga umuman qo‘yilmadi va uning ikki yilga xalqaro musoboqalarda ishtirok etishi taqiqlab qo‘yildi.
O‘zbekistonlik kurashchi Soslan Tigiyev qon namunasida ham sportchilar uchun taqiqlangan metilgeksanamin moddasi aniqlanganidan so‘ng u bronza medalidan maxrum etildi.