Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 4 iyun kuni Xitoy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish uchun Pekinga uchib ketdi.

6 iyun kuni Xitoyning Xaxxot shahrida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yin oldidan yaxshi sinov bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida safarda Janubiy Koreya terma jamaosiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekistonlik futbolchilar mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Xitoydan Janubiy Koreya poytaxti Seulga yo‘l oladi.

Ayni damda saralash bahslari final bosqichining “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 o‘yinda 11 ochko to‘plagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG