Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:43

Facebook va Microsoft tarmoqdagi kuzatuv miqyosini ochiqlashdi


Internetdagi Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma‘muriyati AQShning maxsus idoralaridan tarmoq foydalanuvchilari haqidagi shaxsiy ma‘lumotlar so‘ralgan minglab so‘rovnoma olganini aytmoqda.

Facebook ma‘muriyatining huquqiy bo‘limi rahbari Ted Uliotning bildirishicha, 2012 yilning ikkinchi yarmida AQShdagi mahalliy va federal darajadagi josuslik xizmatlaridan 20 mingga yaqin akkaunt haqida ma‘lumot so‘ralmish 9-10 mingta shunday so‘rovnoma kelib tushgan.

Facebook bu haqda e‘lon qilganidan bir necha soat o‘tib yana bir Internet gigant - Microsoft shirkati ham ayni davr ichida AQShdagi politsiya va maxsus xizmatlardan 30 mingdan ziyod akkaunt haqida ma‘lumot so‘ralgan 6-7 mingta so‘rovnoma olganini bildirdi.

Bu yerda gap yo‘qolgan bolalar yoki qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar, terrorchilik xavfi bor shaxslar haqida bormoqda.

Facebook hamda Microsoft shirkatlarining bu bayonotlari AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Markaziy razvedka boshqarmasida ishlaganini iddao qilayotgan 29 yoshli Edvard Snouden maxfiy xizmatlar qo‘llaydigan kuzatuv usullari haqida matbuotga ma‘lumot sizdirganini tan olishi ortidan yangradi.

Snouden AQSh maxfiy xizmatlari Facebook, Google, Yahoo, Apple va Microsoft kabi yirik Internet shirkatlar serverlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va foydalanuvchilar akkauntlari haqida ma‘lumot olish salohiyatiga egaligini iddao qilgan edi.

Snoudenga ko‘ra, AQSh maxfiy xizmatlari har bir amerikalikni kuzatishga qaratilgan josuslik mashinasini yaratayotgani bois bu ishga qo‘l urgan.
XS
SM
MD
LG