Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:58

JCh-2014 sari yo‘l: Bugun O‘zbekiston Qatarni qabul qiladi


Bugun, 18 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasiga mezbonlik qiladi.

Uchrashuv poytaxtdagi "Bunyodkor" stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi oq libosda, Qatar terma jamoasi esa to‘q qizil rangli formada harakat qiladi.

Toshkentga 22 nafar futbolchi bilan kelgan Qatar terma jamoasining asosiy tarkibida qator yo‘qotishlar borligi aytilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, O'zbekistonga qarshi o'yinda qatarliklar jarohat olgan hujumchi Sebastyan Kuintana, yarim himoyachi Yosir Jaralla Al Ma'riy hamda diskvalivikatsiya etilgan asosiy darvozabon Qosim Burhon va terma jamoa sardori, himoyachi Bilol Muhammad Rajablarsiz maydonga tushishadi.

Dushanba kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uning shogirdlari Qatarga qarshi hujumkor o‘yin o‘tkazishini ta‘kidladi.

- Albatta ertaga biz hujumga asoslangan o‘yin namoyish qilamiz. Shuningdek o‘yin chiroyli bo‘lishini ham talab qilamiz. Biz har bir o‘yinga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ertaga bo‘ladigan o‘yinning qiymati juda katta, - dedi bosh murabbiy.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo'ladigan Jahon chempionati uchun saralash o'yinlari bahslarining to'rtinchi bosqichi "A" guruhida bellashmoqda.

Ayni damda "A" guruhidagi vaziyat quyidagicha:

Jamoalar o‘yinlar ochkolar
1 Janubiy Koreya 7 14
2 Eron 7 13
3 O‘zbekiston 7 11
4 Qatar 7 7
5 Livan 8 5

Uchinchi o'rinni egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi hali ham Braziliyaga yo‘llanma olish imkonlarini saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston jamoasining imkoniyati ko‘p jihatdan Janubiy Koreya bilan Eron terma jamoalari o‘yini natijalariga ham bog‘liqdir.

1. Agar Janubiy Koreya Eronni yutsa, biz Qatarni yutishimiz yetarli bo‘ladi.

2. Agar Koreya yutqazsa, biz Qatarni 6:0 hisobida yutishimiz kerak bo‘ladi.

3. Agar Janubiy Koreya Eron bilan durang o‘ynasa, O‘zbekiston Qatarni 4:0 hisobida yutishi kerak.

4. O‘zbekiston-Qatar terma jamoalari bellashuvi durang natija bilan tugasa, O‘zbekiston terma jamoasi pleyoff o‘yinlarida ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi.

Janubiy Koreya va Eron o'rtasidagi o'yin ham 18 iyun kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvga koreyaliklar mezbonlik qiladi.

O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga omad tilab qolamiz!
XS
SM
MD
LG