Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:15

Qunduzda O‘IHning besh a‘zosi qo‘lga olindi


Afg‘onistonning Qunduz shahrida mahalliy xavfsizlik xizmati xodimlari xudkush hujumga hozirlik ko‘rayotgan besh kishini hibsga oldilar. afghanistan.ru saytining yozishicha, qo‘lga olinganlarning hammasi O‘zbekiston islomiy harakati a‘zolaridir.

Ularning uch nafari hujum tashkilotchisi, qolgan ikkisi esa xudkushlar ekani aytilmoqda.

Qo‘lga olinganlardan portlovchi moslama biriktirilmish ikki kamzul musodara qilingan.

So‘roq chog‘ida xudkushlar Pokistonning Shimoliy Vaziristonda joylashgan janggarilar lagerida tayyorgarlikdan o‘tganlarini e‘tirof etganlar.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘IH a‘zolarining Qunduzda uyushtirmoqchi bo‘lgan hujumi yuzasidan tergov ishlari hozir ham davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG