Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:10

U-20 Jahon kubogi: O‘zbekiston - Yangi Zelandiya 3:0


O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi Turkiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari doirasida bugun Yangi Zelandiya jamosini 3:0 hisobida yengdi.

Musoboqa "Bursa Ataturk Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni 11-daqiqasida Abbosbek Maxstaliyev raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev o‘yinning 54-daqiqasida hisobni 2:0ga yetkazdi.

O‘yinning 66-daqiqasida o‘zbekistonlik Diyorbek Turopov uzoq masofadan raqib darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

"F" guruhida to‘p surayotgan O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqish uchun Yangi Zelandiyadan tashqari Xorvatiya va Urugvay bilan ham kuch sinashadi.

O‘zbekistonning guruhdoshlari Xorvatiya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yin 1:0 hisobida xorvatlar foydasiga yakunlandi.

O‘zbekiston Yoshlar milliy terma jamoasi 2011 yilgi Meksikadagi so‘nggi jahon chempionatida chorak finalga chiqqan, lekin aynan Urugvay jamosiga yutqazib, yarim finalga chiqa olmagan edi.
XS
SM
MD
LG