Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:02

Lionel Messi 10 million yevro soliq to'ladi


Katta miqdorda soliq to'lamaganlikda ayblangan taniqli futbolchi Lionel Messi kuni kecha Ispaniya g'aznasiga 10 million yevro soliq to'kdi.

Bu haqda La Vanguardia nashri xabar berdi.

10 millionlik soliq to'lovi 2010-2011 yillar uchun ko'rsatilgan qo'shimcha daromad deklaratsiyalari orqali to'langani aytilmoqda.

Kuzatuvchilarga ko'ra, bu orqali argentinalik futbolchi Ispaniyaning soliq idoralari bilan sulh tuzmoqchi.

Eslatamiz, Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe 2006-2009 yillarda 4 million yervroga teng soliq to‘lamaganlikda ayblangan edi.

25 yoshli Messining o‘zi bu ayblovlarni rad etgan.

Avvalroq Ispaniya matbuoti Messining 2010-2012 yillarda topshirgan daromad deklaratsiyalari ham tekshirilishi haqida yozgan edi.

2012 yilda topgan daromadi haqida hujjatni futbolchi 30 iyungacha topshirishi kerak.

Lionel Messining soliqlarga oid ishi 2013 yilning 17 sentabrida ko'rib chiqiladi. Agar aybdor deb topilsa, argentinalik futbolchi va uning otasi 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi va qariyb 25 million yevroga teng jarimaga tortilishi mumkin.

Messi 2004 yildan beri Ispaniyaning “Barselona” futbol klubida faoliyat yuritib keladi. U so‘nggi 4 yil davomida qatorasiga yilning eng yaxshi futbolchisi deya e‘tirof etilgan.

Forbs jurnaliga ko‘ra, "Barsa" hujumchisi yiliga 41 million dollardan ko‘proq daromad topadi.
XS
SM
MD
LG