Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:42

Putin Alisher Usmonovni orden bilan taqdirladi


Alisher Usmonov.
Alisher Usmonov.
Rossiya prezident “Gazprom investxolding” bosh direktori Alisher Usmonovni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” IV darajali ordeni bilan taqdirladi. Usmonovning “metallurgiya sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik halol mehnati” evaziga shunday ordenga sazovor bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiyadagi axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 iyul kuni imzolagan farmonda Alisher Usmonov “davlat oldidagi katta xizmatlari, jamoat va xayriya ishlaridagi faolligi uchun” bu ordenga sazovor bo‘lgan.

“Mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari va ko‘p yillik halol mehnati uchun” 2004 yilda Alisher Usmonovga “Hurmat belgisi” ordeni berilgan edi.

2011 yilda Qozog‘iston hukumati kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan Janubiy Osetiya hukumati esa “Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlangan.

Forbes jurnali e‘lon qilgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 2013 yilda yana 59 yashar Alisher Usmonov birinchi o‘rinni egalladi.

The Sunday Times nashri joriy yil aprelida e‘lon qilgan Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi eng boy shaxslar ro‘yxatida ham rossiyalik tadbirkor Usmonov birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yili u bu ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa qo‘yilgan edi.

Nashr “Metalloinvest” metall-ma‘dan shirkati sohibi, Angliyadagi "Arsenal" futbol jamoasi aktsiyalarining 30 foiziga ega bo‘lgan Usmonov boyligini 20,3 milliard AQSh dollariga teng deb baholadi.

Britaniyadagi The Independent nashriga ko‘ra, London shimolida Alisher Usmonovning 73 million dollarlik saroyi bor.

Alisher Usmonov yuqori texnologiya sohalariga katta sarmoyalar yotqizgan.

2009 yilda unga tegishli bo‘lgan DST jamg‘armasi Facebook aktsiyalari oldi-sottisi ortidan qariyb bir yarim milliard dollar foyda ko‘rgan.

Ayni paytda, Alisher Usmonov Internetdagi Mail.ru va MegaFon uyali aloqa shirkatlarining aktsiyalariga ham ega.

Yaqinda Alisher Usmonov Apple shirkatining 100 million dollarlik aktsiyalarini sotib oldi.

Bu qarorini izohlagan Usmonov¸ Apple asoschisi Stiv Jobs vafot etganiga qaramay, shirkatning porloq istiqboliga ishonishini urg‘ulagan edi.

1953 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida prokuror oilasida tug‘ilgan Alisher Usmonov 1976 yilda Moskvadagi Xalqaro munosabatlar davlat institutini tamomlagan.

Alisher Usmonovga “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni berilgani munosabati bilan mazkur institut kollektivi uni tabrikladi.

Vladimir Putin farmoniga ko‘ra, Rossiyadagi boshqa yirik tadbirkorlarlar ham “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Ular orasida “Interros” xoldingi sohibi Vladimir Potanin va “Renovы” shirkati asoschisi Viktor Vekselьberg ham bor.
XS
SM
MD
LG