Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:17

GM-Uzbekistan: Malibuga "juchok" o‘rnatilgani mish-mish


GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi o‘zida ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Malibu avtomobillariga yashirin eshituv moslamalari o‘rnatilayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi. Bunga qadar ayrim internet nashrlari bu rusumdagi avtomobilga O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati talabi bilan "juchok" o‘rnatilayotganini yozgan edi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonaning o‘z ismini aytmagan xodimi Ozodlik bilan suhbatda: "Bu ko‘chadagi mish-mish gaplar. Xaridorlar xavotir olishmasin, mashinani ichida hech kim ularni gapini yozib olmaydi", dedi.

Avvalroq, O‘zbekiston xalq harakati Chevrolet Malibu avtomobillari O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining talabiga ko‘ra “juchok” (yashirin eshituv moslamalari) bilan jihozlangan holda chiqarilayotgani haqida “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasidagi o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan edi.

O‘sha manbaga ko‘ra, yashirin eshitish moslamalari avtomobil salonining old qismida, rul chambaragi atrofida o‘rnatilgan.

Mazkur manba moslama so‘zlashuvlarni yozib oladi va maxsus idoralar bu so‘zlashuvlarni sun‘iy yo‘ldosh orqali GPS tizimi yordamida qabul qilib oladilar, deb iddao qilgan edi.

Narxi 35 ming AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan Malibu avtomobillarini, asosan eng badavlat va ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlar sotib olmoqda.

Aynan shu jihatdan ham bunday mashina egalarining avtomobildagi so‘zlashuvlari moliyaviy jinoyatlar fosh etishga ruju qo‘yayotgan O‘zbekiston MXX xodimlarini qiziqtirayotgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qiladi ushbu manba.

Ayni paytda Chevrolet Malibu avtomobillariga maxsus “juchok”lar o‘rnatilgani haqida ovoza O‘zbekiston aholisi orasida ham tarqalgan.

- Men ham mashinalarda shunday proslushka borligi haqida eshitdim. Lekin, qanday qilib hammani gapini eshitib chiqishga ulgurishar ekan? Axir O‘zbekistonda qancha Malibu egasi borku, - deydi toshkentlik avtomobil ta‘mirchisi Adham aka.

Ammo GM Uzbekistan qo‘shma korxona si rad etganiga qaramasdan, Chevrolet Malibu avtomobillariga eshituv moslamalari o‘rnatilayotganiga ishonguvchilar ko‘p bo‘lmoqda.

Lekin so‘nggi yillarda shirkatlar qimmat avtomobillarga mashina harakatlanishini qayd etib boruvchi GPS Tracking system moslamalarini o‘rnatmoqda.

Bunday moslama, asosan mashina o‘g‘irlanishini oldini olish uchun o‘rnatilmoqda.

Qashqadaryodagi avtosalon xodimi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Malibu avtomobillari ham aslida olib qochilishga qarshi o‘rnatilayotgan moslama bilan jihozlanganini aytadi.

- Balki ana shu GPS Trackingni odamlar eshituv moslamasi, deb adashtirishayotgandir, - deydi u.

Hozir O‘zbekistonda Malibu mashinalarni sotib olayotgan xaridorlar “boylar ro‘yxati”ga kiritilib, “ixtiyoriy xomiylik puli” to‘lashga ham majburlanayotgani aytib kelinadi.
XS
SM
MD
LG