O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirgan qariyb yarim millionga yaqin abituriyent bir necha xalqalik tekshiruvdan o‘tgach¸ Toshkent vaqti bilan tonggi soat 9 da test sinovlarini yechishga kirishdi. Bu jarayonning qanday o‘tganini Ozodlik o‘z manbalari yordamida kuzatdi.
Test sinovlarining qanday o‘tgani haqida Ozodlikka hikoya qilmoqchi bo‘lgan abituriyentlar OzodSkype, OzodlikOnline Skype manzillari¸ hamda Ozodlikning WhatsAppdagi +42 07 24 971 539 raqamiga sim qoqib¸ biz bilan bog‘lanishlari mumkin!
Toshkent Davlat Agrar universitetida test sinovlari jarayoni boshlanganini bevosita kuzatayotan toshkentlik talaba Ahror, abituriyentlarning hatto tashqarida qolgan yaqinlari ko‘ziga ham ochiq ko‘ringan "hiyla" usullaridan ayrimlariga o‘zi guvoh bo‘lganini aytadi:
- Abituriyentlar imtihon paytida ichkaridan chiqib kelayapti, ular haqiqiy test variantini olib chiqayapti. Tashqarida maxsus guruh uni o‘rtaga olib tezda ishlab berayapti va abituriyent yana qaytib kirib ketayapti. Men bir qiz abituriyentning DTM bilan chiqib¸ yana qaytib kirib ketganiga o‘zim guvoh bo‘ldim. Keyin surishtirsam, abituriyent, asosan qizlar, o‘zlari bilan ichkariga soxta test variantini olib kirar ekan. Bu soxta test varianti stolning ustida qolar, haqiqiysini u tashqariga olib chiqar ekan. Abituriyent qornim og‘rib qoldi yoki shunga o‘xshash biror bahona qilar ekan. Albatta¸ bu kelishilgan bo‘ladi va abituriyentning tashqariga chiqib yengillashib kelishi uchun “imkon” yaratiladi, deydi test sinovlari o‘tayotgan bino oldida o‘z ukasining imtihondan chiqishini kutayotgan Ahror.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetiga hujjat topshirgan jiyanini kuzatgani borgan toshkentlik jurnalist, ismi sir qolish sharti bilan¸ test savollarining tashqaridan turib telefon yordamida yechilganiga o‘zi guvoh bo‘lganini bildirdi:
- Daraxtning soyasiga o‘tirib olgan, atrofi to‘la shpargalkalar. U tomondan kimdir so‘rayapti, bu esa bilsa shunday, bilmaganini qog‘ozlardan topib diktovat qilib turibdi. Bir besh minut kuzatiiiib turdim. Unisini belgila, bunisini belgila¸ deb aytib turibdi. SMS, MMS, Internet ishlamagani bilan aloqa bor. Demak hamma narsani yo‘li bo‘lsa kerak-da, dedi toshkentlik jurnalist.
Toshkent Davlat Axborot texnologiyalari universitetidagi test sinovlarini topshirib chiqqan abituriyentlardan birining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha, auditoriyalardagi haroratning juda ham baland ekanligi bois kuzatuvchilar abituriyentlarning shpargalkalar ishtatishiga ham unchalik e‘tibor bermagan:
- Bugun juda dahshatli darajada issiq bo‘ldi. Terdan ko‘ylaklar badanga chippa yopishib qoldi. Eplagan shpargalka ham, telefon ham olib kiribdi. Kuzatuvchilar, auditoriyalardagi harorat juda ham qizib ketganligi bois, tez-tez tashqariga chiqib turdilar. Ko‘pchilik bemalol shpargalkalardan foydalandi, kimdir shivirlab telefon orqali oldi javoblarini. Derazadan ham tayyor javoblar uchib kirib turdi. Uch soat bo‘lmasdan, domlalar “tez-tez bo‘linglar, havo juda isib ketdi”, deyishdi. Men ham tezda ishlab bo‘lib chiqib ketdim, bilmadim javobi qanday bo‘larkan, dedi abituriyentlardan biri.
31 iyul kuni O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari 1 avgust kuni ertalab soat 8:30dan 13:30gacha qo‘shimcha aloqa xizmatlari – SMS, MMS va mobil internet xizmatlari o‘chirib qo‘yilishi haqida rasman xabar tarqatgan edi.
Mazkur chora-tadbirlar abiturentlarning sinov payti shpargalkalardan foydalanishi va boshqa soxtakorliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani iddao qilinadi.
Test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Universitet joylashgan Yusuf Xos Hojib ko‘chasiga olib boruvchi asosiy yo‘llar yopilib, transport harakati cheklandi. Imtihon o‘tayotgan bino va uning atrofida ko‘p sonli ichki ishlar xodimlari va maxsus patrul mashinalarini ko‘rish mumkin edi.
Ozodlik gaplashgan abituriyentlarga ko‘ra, Toshkent Davlat Pedagogika universitetidagi imtihonlar payti uyali aloqa telefonlaridan bemalol foydalanish imkoni bo‘lgan:
– Bugun ikkita fan bo‘yicha test topshirdim. O‘tgan hafta musiqa bo‘yicha ijodiy imtihon topshirib bo‘lgandim-da. Imtihon o‘tadigan xonamiz rektoratga yaqin joyda edi, shunga rosa qo‘rqib turgandik, telefon, shpargalkani qanday ishlatamiz deb. Yo‘q, yaxshi, baxtimizga, kontrol kuchli bo‘lmadi. Guruhimizda 60 ta odam o‘tirgan bo‘lsa, deyarli hamma telefondan foydalandi. O‘zim ham dugonamdan ancha-muncha javoblarni so‘rab oldim, deydi Musiqa ta‘limi fakulьtetiga hujjat topshirgan abituriyent qiz.
Boshqa bir abituriyentning aytishicha, imtihon payti nazoratchi o‘qituvchi 10 ming so‘mdan ona tili bo‘yicha savollarni yechib bergan.
– Gruppamizga qo‘yilgan kuzatuvchi ayol yaxshi inson ekan. SNB xodimi xonadan chiqib ketgan paytda ona tili bo‘yicha savollarni 10 ming so‘mdan yechib berdi. O‘zi ona tilidan dars berarkan-da. Lekin bitta “patriot” qiz o‘qituvchini SNBga sotib qo‘ydi. Keyin protokol tuzib, o‘sha o‘qituvchini olib chiqib ketishdi. Sizlarga yaxshilik qilmoqchi edim, deb yig‘lamsirab chiqib ketdi o‘qituvchi, deydi Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida imtihon topshirib chiqqan abituriyent qiz.
Abituriyentlar shpargalkalardan ham bemalol foydalanishgan, kuzatuvchilar ko‘rib ko‘rmaslikka olishi uchun esa 5 dollardan pora ham berilgan:
– Shpargalkani tuflimni tagcharmi orasiga qo‘yib olib kirib ketgandim. Juda ochiqdan-ochiq bo‘lmasayam, harqalay, amallab foydalandik. Shpargalkani sezib qolgan kuzatuvchiga 5 dollar pul berdim, ko‘rmaganday indamadi. Lekin fizikadan ham, tarixdan ham shpargalkadan birortayam tushmasa deng. Savollarni yangilab tashlashgan ekan. Ko‘ramiz, o‘tsam o‘tdim, bo‘lmasa, shartta armiyaga ketaman. Armiyaga borganlarga katta ball beradi, shu bo‘yicha keyingi yili o‘qishga o‘tib ketarman, deydi nomini aytishni xohlamagan abituriyent yigit.
Bu yil Toshkent Davlat pedagogika universitetiga 11 ta ta‘lim yo‘nalishida 1660 ta talaba qabul qilinadi. Mazkur kvotadan 530 tasi byudjet, 1130 tasi to‘lov shartnoma asosida.
Ismi sir qolishini so‘ragan navoiylik abituriyent bu yil Toshkent Davlat Agrar universitetida “kalla”lar bemalol ishlaganini aytdi:
- Men o‘zim guvoh bo‘ldim, 1994 yilda tug‘ilgan bir abituriyentning o‘rniga 35 yoshlardagi bir bola kirdi va birinchi bo‘lib topshirib chiqib ketdi. Bundan tashqari¸ o‘sha buxgalteriya fakultetiga imtihon jarayonida domlalarning o‘zlari ham test sinovlarini ishlab berdi. Qaytib chiqqanimdan keiyn o‘sha bolalardan so‘rasam¸ 500dan 1000 dollargacha pul berishibdi, o‘sha domlalarga, dedi navoiylik abituriyent.
Bu yilgi test sinovlaridagi test savollarining juda ham murakkab tuzilgani bois, to‘rt-besh abituriyentning testini yechib berishga kelishgan “parovoz”lar zo‘rg‘a bir nafar abituriyentga vaqti yetgan xolos. Bu haqda Ozodlikka Guliston Davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun abituriyent tayyorlaydigan o‘qituvchilardan biri aytdi:
- Bu yil ancha yaxshi bo‘ldi. Biz tayyorlagan bolalar o‘qishga kiradi, shekilli. Chunki abituriyent sifatida hujjat topshirib imtihonga kirgan kallali “parovoz”lar ham bu yil shoshib qoldi. Chunki test savollari avvalgi yillarga o‘xshamagan, juda murakkab tuzilgan ekan. O‘z guruhidagi besh-olti bolaning testlarini to‘rt soatda yechishga odatlangan "parovoz"lar bu safar to‘rt soat davomida faqat bir abituriyentning savollarini yechishga ulgurdi, xolos. Bu yil kitobni yodlagan va o‘qigan bola o‘qishga kiradi, deb o‘ylayman, dedi o‘qituvchi.
Toshkentda abituriyentlarni o‘qishga tayyorlaydigan repetitorlardan birining mikrofonsiz suhbatda Ozodlikka aytishicha, bu yil “X” variant test markazidan sizib chiqmagan:
- Har yili imtihon boshlanadigan kuni kechasi test sinovlarining “X” varianti davlat test markazidan chiqarilardi. Birinchi qo‘ldagi narxi 10 ming dollar atrofida bo‘lardi. Uni sotib olganlar 2-3 ming dollardan pullashardi. Bu yil unday bo‘lmadi. Oliygohlardagi imtihonlar o‘tkaziladigan joylarda esa avvalgi yilda chiqarilgan eski “X” variantlar to‘lib toshib ketdi. Ko‘pchilikka bu yangi “X” variant deb 100-200 dollardan pullandi. Biroq, bu variantlarni sotib olgan abituriyentlar chuv tushdi. Ularning aytishlaricha, “X” variantlardagi javoblar bu yilgi testlarga umuman to‘g‘ri kelmapti, dedi toshkentlik repetitor.
Bu yilgi test sinovlarida O‘zbekiston oliygohlaridagi 56 ming 722 o‘rin uchun 480 ming 405 abituriyent kurash olib bormoqda.
Davlat test markazi ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga eng ko‘p hujjat topshirildi. Bu yerga 115ta o‘rin uchun jami 2 ming 599 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bitta o‘rin uchun 22,60 nafar abituriyent da‘vogarlik qiladi.
Toshkentdagi Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu yerda bitta o‘ringa 2,02 da‘vogar bor.
480 ming 405 abituriyentdan faqat 56 ming 722 nafari talabalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Bu yil oliygohdagi har bir o‘rin uchun o‘rtacha 8,47 abituriyent da‘vogarlik qilayapti.

“Yangicha usul”

"Telefonlar "ishladi"

"Shpargalka va telefonlardan bemalol foydalanildi"

“Nazoratchining o‘zi testni 10 ming so‘mdan yechib berdi”

“Kalla”lar ham ishladi, domlalar ham “ishladi”
Ismi sir qolishini so‘ragan navoiylik abituriyent bu yil Toshkent Davlat Agrar universitetida “kalla”lar bemalol ishlaganini aytdi:
- Men o‘zim guvoh bo‘ldim, 1994 yilda tug‘ilgan bir abituriyentning o‘rniga 35 yoshlardagi bir bola kirdi va birinchi bo‘lib topshirib chiqib ketdi. Bundan tashqari¸ o‘sha buxgalteriya fakultetiga imtihon jarayonida domlalarning o‘zlari ham test sinovlarini ishlab berdi. Qaytib chiqqanimdan keiyn o‘sha bolalardan so‘rasam¸ 500dan 1000 dollargacha pul berishibdi, o‘sha domlalarga, dedi navoiylik abituriyent.
“Bu yil “parovoz”lar “vagon”larni tortolmay qoldi
Bu yilgi test sinovlaridagi test savollarining juda ham murakkab tuzilgani bois, to‘rt-besh abituriyentning testini yechib berishga kelishgan “parovoz”lar zo‘rg‘a bir nafar abituriyentga vaqti yetgan xolos. Bu haqda Ozodlikka Guliston Davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun abituriyent tayyorlaydigan o‘qituvchilardan biri aytdi:
- Bu yil ancha yaxshi bo‘ldi. Biz tayyorlagan bolalar o‘qishga kiradi, shekilli. Chunki abituriyent sifatida hujjat topshirib imtihonga kirgan kallali “parovoz”lar ham bu yil shoshib qoldi. Chunki test savollari avvalgi yillarga o‘xshamagan, juda murakkab tuzilgan ekan. O‘z guruhidagi besh-olti bolaning testlarini to‘rt soatda yechishga odatlangan "parovoz"lar bu safar to‘rt soat davomida faqat bir abituriyentning savollarini yechishga ulgurdi, xolos. Bu yil kitobni yodlagan va o‘qigan bola o‘qishga kiradi, deb o‘ylayman, dedi o‘qituvchi.
Bu yil “X” variant chiqmadi
Toshkentda abituriyentlarni o‘qishga tayyorlaydigan repetitorlardan birining mikrofonsiz suhbatda Ozodlikka aytishicha, bu yil “X” variant test markazidan sizib chiqmagan:
- Har yili imtihon boshlanadigan kuni kechasi test sinovlarining “X” varianti davlat test markazidan chiqarilardi. Birinchi qo‘ldagi narxi 10 ming dollar atrofida bo‘lardi. Uni sotib olganlar 2-3 ming dollardan pullashardi. Bu yil unday bo‘lmadi. Oliygohlardagi imtihonlar o‘tkaziladigan joylarda esa avvalgi yilda chiqarilgan eski “X” variantlar to‘lib toshib ketdi. Ko‘pchilikka bu yangi “X” variant deb 100-200 dollardan pullandi. Biroq, bu variantlarni sotib olgan abituriyentlar chuv tushdi. Ularning aytishlaricha, “X” variantlardagi javoblar bu yilgi testlarga umuman to‘g‘ri kelmapti, dedi toshkentlik repetitor.
Sakkiztadan bitta...