Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

O'zbekiston kubogi: Finalda "Nasaf" va "Bunyodkor"


"Nasaf" futbol jamoasi
"Nasaf" futbol jamoasi
Qarshining "Nasaf" futbol jamoasi payshanba kuni O'zbekiston kubogining yarim final javob uchrashuvida o'z maydonida Toshkentning "Paxtakor" jamoasini 2:0 hisobiga mag'lub etdi.

O'yindagi gollarga qarshiliklarning 28 yoshli turkmanistonlik yarim himoyachisi Artur Gevorkyan mualliflik qildi. Ikkala gol ham penaltidan kiritildi.

30 iyul kuni Toshkentda o'tgan yarim final dastlabki uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi.

Shunday qilib, "Nasaf" futbol jamoasi ketma-ket uchinchi bor O'zbekiston kubogining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Finalda "Nasaf" jamoasi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan bellashadi. "Bunyodkor" yarim finalda "Lokomotiv" jamoasini ortda qoldirgan edi.
XS
SM
MD
LG