Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri bergan ma‘lumotga ko‘ra, 15 yashar o‘spirinning qora o‘latdan o‘lgani aniqlangan. Biroq, ushbu xavfli kasallikning manbasi hozircha ma‘lum emas. Shunga qaramasdan qirg‘iz rasmiylari epidemiya xavfi yo‘qligi, kasallik aniqlangan hudud esa to‘liq qamal qilinganini aytmoqda.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari bergan ma‘lumotga ko‘ra, o‘tgan juma kuni nobud bo‘lgan 15 yashar aksuulik o‘spirinning qora o‘latdan olgani tasdiqlangan.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, vafot etgan o‘smirning jasadi kuydirilib, favqulodda ehtiyotkorlik bilan ko‘milgan.
Epidemiyani nazorat qilish komissiyasiga ko‘ra, hodisa qayd etilgan tumanda 105 kishi, jumladan 19 nafar tibbiy xodim tekshiruv uchun karantinga olingan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Dinara Saginbayeva jurnalistlar bilan uchrashuvda bolaning ushbu xavfli kasallikdan o‘lgani uning tanasi yorib ko‘rilganidan so‘ng aniqlangani haqidagi ma‘lumotlarni tasdiqladi.
- Ushbu kasallikning "bubonnaya forma" (qora o‘lat-tahr) degan turi bor. Ya‘ni, "legochnaya forma" (o‘pka o‘lati-tahr.) degan turi ham bor. U juda xavfli va bemorlar o‘rtasida gaplashganda, yo‘talganda yuqishi mumkin. "Bubonnaya forma", degani esa unaqa yuqumli emas, lokal xarakterga ega. U bevosita muloqotdagina yuqishi mumkin, - dedi jurnalistlar savoliga javoban Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik aniqlangan hudud to‘liq qamal qilingan va karantin e‘lon qilingan.
- Epidemiya xavfi bugungi kunda yo‘q. Tashhis qo‘yilganidanoq tegishli choralar ko‘rilgan. Shuning uchun epidemiya bo‘ladi, degan vahimaga asos yo‘q, - dedi alohida ta‘kidlagan Dinara Saginbayeva.
Bunga qadar Qirg‘iziston Bosh vaziri Jontoro Satibaldiyev mamlakat shimolida qora o‘lat qayd etilganiga oid xabar ortidan u yerdagi vaziyatni o‘z nazoratiga olgani bildirgan edi.
Ayni damda bosh vazir yetakchiligidagi hukumat guruhi Ak-Suu tumanida dizinfektsiya va mahalliy aholi orasida vaktsinatsiya ishlarini boshlagani aytildi.
Qirg‘iziston Davlat sanitariya nazorati kasallik o‘chog‘i noma‘lum qolayotganini aytmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘tgan juma kuni to‘satdan vafot etgan bolaga qora o‘lat kasali, rasmiylarning bir taxminicha, kasallangan burgadan yuqqan bo‘lishi mumkin.
Yana bir taxmin esa kasallik o‘chog‘i sanalgan hududdagi suv havzasida yuqqan, degan taxmin bo‘lsa, xalq og‘ziga tushib ulgurgan uchinchi taxmin kasallangan mol go‘shtini iste‘mol qilishdir.
Sog‘liqni saqlash vaziri hozircha hech bir taxminni tasdiqlash imkoni yo‘qligini aytmoqda.
- Hozircha bu kasallik nimadan yuqqanini aniq aytolmaymiz. Bu bola yaylovda muzdek suvda cho‘milgan ekan. O‘shanda shamolladim, deb o‘ylab uyida o‘zicha "anti-grippin" kabi dorilarni ichib yotavergan. Keyin shifoxonaga olib borilganidan so‘nggina aniqlangan bu kasallik. Keyin oila-a‘zolari darhol izolyatsiya qilindi va ular ham bolaning hech qanday mol go‘shtini iste‘mol qilmagani, lekin sovuq suvda cho‘milganini aytishyapti, - dedi Dinara Saginbayeva.
Ayni paytda vazir kasallik aniqlangan hudud va u u yerda yashaydigan aholi karantinga olingani, kasallikning tarqalish xavfi yo‘qligini aytar ekan, yana bir muhim jihatga e‘tiborni qaratdi.
- Qirg‘izistonda azaldan o‘lat o‘chog‘i sanalgan uchta hudud bor. Tyashanda, Oloyda va Talas viloyatlarida. Sobiq sovet davrida aniqlangan va o‘sha vaqtdan beri kasallikning oldini olish choralari ko‘rib kelinadi. U yerga boradigan cho‘ponlar ham, geologlar ham emlanadi. Shuningdek, suv havzalari va hasharotlar mavjud hududlarda deratizatsiya choralari ko‘riladi. Lekin hudud juda katta va bu hududni bir yilning ichida to‘liq qamrab olish biroz mushkul, - dedi Dinara Saginbayeva.
Bundan oldin Qirg‘izistonda qora o‘latdan o‘lim holati so‘nggi bor 1981 yilda qayd qilingan.