Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ichki kiyimda bosh vazir Dmitriy Medvedevning boshini silayotgan qilib tasvirlagan rassom mamlakatni tark etdi. Rassom Konstantin Altuninning aytishicha, shu oy boshrog‘ida Sankt Peterburgda ochilgan ko‘rgazmada rasmlari namoyish qilganidan keyin unga tahdid qo‘ng‘iroqlari bo‘lgani sabab Frantsiyaga qochishga qaror qilgan.
Konstantin Altunin qalamiga mansub rasmlar shu oyning boshrog‘ida Sankt Peterburgda tashkil qilingan “Hokimiyat muzeyi” ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yildi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay prezident Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev ayollar ich kiyimida tasvirlangan bu rasmlar mahalliy politsiya tarafidan musodara qilinib, ko‘rgazma yopib qo‘yildi.
Rassom Konstantin Altunin chorshanba kuni Ozodlikka telefon orqali bergan intervьyusida rasmlari ko‘rgazmaga qo‘yilganidan keyin o‘ziga nisbatan tahdidlar bildirilgani bois mamlakatni tark etgani va endi Rossiyaga qaytishni istamasligini bildirdi.
- Bugun Parij shahar prefekturasiga murojaat qildim, chunki boshqa ilojim qolmadi. Men Frantsiyaga foyda keltirish va unga soliq to‘lash uchun bu yerda yashash uchun ruxsatnoma olgan bo‘lardim. Lekin men siyosiy boshpana so‘rashga majburman, chunki men kutilmaganda tez qochishga majbur bo‘ldim,- deydi rassom.
Dushanba kuni politsiya Altunin qalamiga mansub boshqa rasmlarni ham musodara qildi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan hajviy rasmlar orasida geylarga qarshi qonunni targ‘ib qilgan Rus pravoslav cherkov rahnamosi va duma deputatlari ham tasvirlangan.
Altunin Rossiya rasmiylarining uning ijodiga munosabatini fikr erkinligining “nomaqbul va jirkanch yo‘l bilan bostirilishi”, deya ataydi.
Politsiya kvartirada tashkil qilingan “Hokimiyat muzeyi”ni ham yopib qo‘ygan.
Altunning aytishicha, art-loyihaning boshqa tashkilotchilari ham tazyiqlarga uchragan.
- Tashkilotchilar ham hisbga olindi, lekin ularning bunga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki hammasiga Altunin aybdordir. Ular tashkilotchilarni kechasi soat uchgacha ushlab turib, keyin politsiya bo‘limiga olib ketishgan. Ular orasida ayol kishi ham bo‘lgan va politsiya uni rosa qo‘rqitib, ustidan kulishgan, deydi rassom.
O‘shandan beri ro‘y bergan bir nechta voqeani Altunin o‘zi uchun bevosita tahdid deb qabul qilgan.
- Menga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilishdi, lekin men go‘shakni har safar qo‘yib qo‘ydim. Keyin Frantsiyaga ketish haqida qaror qilganimdan keyin, bu qarorni qabul qilishimdan bir necha soat o‘tib xotinim qo‘ng‘iroq qildi, u paytda uyda emasdim, xotinim pastda politsiya mashinasi turgani va men haqimda surishtirayotganini aytdi. Shuning uchun uyga qaytmadim. Meni qochdi, deb aytishingiz mumkin. Buni uyatli ish deb atashingiz mumkin. Lekin buning boshqa estetik jihati ham bor. Oxir-oqibat Parijda turibmanku, deb hazillashadi rassom Altunin.
VKontakte tarmog‘idagi sahifasida e‘lon qilgan prezident Putinga ochiq maktubida Altunin san‘atni tsenzura qilishni to‘xtatish va asarlarini qaytarishni talab qildi.
Politsiya rassom Altunin o‘z asarlari bilan qanday qonunni buzganini izohlamayotir. Rossiyada hokimiyat vakillarini haqorat qilishga qarshi qonun bor va unga ko‘ra, ko‘pi bilan bir yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
“Hokimiyat muzeyi” xo‘jayini Aleksandr Donskoyning Ozodlikka aytishicha, rasmiylar undan mazkur voqeani Sankt Peterburgda sentyabr oyida o‘tkaziladigan Katta Yigirmalik sammiti oldidan ovoza qilmaslikni talab qilishgan.
Mazkur muzey 15 avgust kuni ochilganidan beri muxolifat mavzusidagi boshqa ko‘rgazmalar, jumladan muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni yoqlovchi ko‘rgazma tashkil qilindi.
Hozirda muzey yopiq qolmoqda.