Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

Frank Riberi Yevropaning eng yaxhsi futbolchisi deb topildi


Germaniyaning "Bavariya" futbol klubi yarim himoyachisi, futbol bo'yicha Fransiya milliy terma jamoasi a'zosi Frank Riberi UYeFa tarafidan 2012/13 yilgi futbol mavsumida Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiyalik futbolchi Monakoda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida sport jurnalistlari ishtirokida o'tkazilgan yakuniy so'rovnomada go'lib deb topilgan.

Shunday qilib, 30 yoshli Riberi Yevropaning eng yaxshi futbolchisi tanlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada "Barselona"ning Lionel Messi va "Real Madrid"ning Krishtianu Ronaldularini ortda qoldirdi.

So'rovnomaning dastlabki bosqichida Yevropaning eng yaxshi o'n nafar futbolchisi tanlab olingan edi. "Top 10" ro'yxatidan yuqoridagi uch futbolchidan tashqari "Bavariya"lik Tomas Myuller, Aryen Robben va Bastian Shvaynshtaygerlar, PSJdan Zlatan Ibrahimovich, "Tottenhem"dan Garet Beyl, Dortmundning "Borussiyasi"dan Robert Levandovskiy va "Manchester Yunayted"dan Robin van Persilar o'rin olgan.

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi 2011 yildan beri aniqlanib kelinadi. So'rovnomada UYeFAga a'zo bo'lgan davlatlarda faoliyat yurituvchi sport jurnalistlari ishtirok etishi mumkin.

2011 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi unvoni Leionel Messiga topshirilga edi. 2012 yilda bu nomga uning jamoadoshi Andres Inyesta loyiq dep topilgan.
XS
SM
MD
LG