Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:44

Sergey Sobyanin Moskva meri sifatida qasamyod keltiradi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin safdoshi hisoblanmish Sergey Sobyanin bugun Moskva meri sifatida qasamyod keltiradi.

Sobyanin yakshanba kuni o‘tgan saylovlarda 51,3 foiz ovoz olib, Putinning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan Aleksey Navalniyni (27,3 foiz) ortda qolidrgan edi.

Navalniy saylov natijalari qalbakilashtirganini aytib, ularni tan olishdan bosh tortdi. Uning iddao qilishicha, Sobyanin 50 foizdan kamroq ovoz to‘plagan va saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi shart.

Payshanba kuni o‘tadigan inauguratsiya marosimiga przident Putin ham kelishi kutilmoqda.

Aleksey Navalniy esa payshanba kuni saylov natijalari qalbakilashtirilgani bo‘yicha Moskva sudlariga yuzdan oshiq arz kiritmoqchi.

Sergey Sobyanin 2010 yili Kreml tarafidan Moskva meri etib tayinlangan edi.
XS
SM
MD
LG