Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:42

Atambayev Karimovga O‘sh voqealari paytidagi ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni Bishkek aeroportida Qirg‘iziston Bosh vaziri Jantoro Satibaldiyev kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni Bishkek aeroportida Qirg‘iziston Bosh vaziri Jantoro Satibaldiyev kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Bishkekka yetib keldi.

Karimovni Bishkek aeroportida Qirg‘iziston Bosh vaziri Jantoro Satibaldiyev kutib oldi.

Shundan keyin Karimov Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashdi va ShHT sammiti Bishkekda o‘tkazilayotgani Qirg‘iziston uchun muhim hodisa ekanini qayd etdi.

Atambayev esa, 2010 yilgi O‘sh qirg‘ini paytida mojaroni bartaraf qilishga hissa qo‘shgani uchun Karimovga minnatdorchilik bildirdi.

- 2010 yilda alangani tezda o‘chirishda bizga yordam berganingizni hammamiz yaxshi eslaymiz. Qirg‘iziston va qirg‘izistonliklar buni hech qachon yoddan chiqarmaydi, deb o‘ylayman,dedi Atambayev.

O‘ndan ortiq davlat va tashkilot vakillari ishtirok etadigan sammitda ShHT mamlakatlararo banki va Taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etish, Suriyadagi vaziyat, Afg‘onistonning 2014 yildan keyingi taqdiri kabi masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.

2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga O‘zbekiston, Qirg‘iziston,Tojikiston, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya a‘zo davlatdir. Xindiston, Eron, Mo‘g‘iliston, Pokiston, Afg‘oniston tashkilotda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Turkiya, Belarus va Shri-Lanka esa Shanxay hamkorlik tashkilotining dialog bo‘yicha hamkori maqomiga ega.

Ўзбекистон президенти Бишкекка келди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00
XS
SM
MD
LG